Davlat o‘rmon xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tartibga solish

Davlat o‘rmon xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tartibga solish hamda hodimlarning soni va ish haqi fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yana bir O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining “Davlat o‘rmon xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tartibga solish hamda hodimlarning soni va ish haqi fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida ”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 maydagi 49-sonli yig‘ilish bayonidagi 11-ilovadagi chora tadbirlar rejasidagi 4-bandida qo‘yilgan "O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarda ishlovchi ishchi xodimlarning ishlab chiqarish me’yorlarini (normativ) takomillashtirish va ularning ish xaqini oshirish hamda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi me’yoriy xujjat loyihasini ishlab chiqish topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat o‘rmon xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tartibga soladi hamda xodimlarning soni va ish haqi fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibini belgilaydi.

Qaror loyihasi muhokamasi 2019 yil 5 oktyabrga qadar davom etadi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 71% Shamol 4.54 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (168)