Orol dengizining suvi qurigan tubida «Yashil qoplamalar» barpo etish davom ettiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizining suvi qurigan hududlarida “Yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish hamda Mo‘ynoq shahrini ko‘kalamzorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Orol dengizining suvi qurigan tubida “Yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni davom ettirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev) hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Bakirov) bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududini xatlovdan o‘tkazadi, bunda:

tuproq tiplarini va sho‘rlanish darajasini o‘rganilishiga alohida e'tibor qaratiladi;

2019-2020 yillarda “Yashil qoplamalar” barpo etiladigan maydonlarni aniqlaydi va xaritasini ishlab chiqadi;

2019-2020 yillarda “Yashil qoplamalar” barpo etiladigan yer maydonlarini doimiy foydalanish uchun davlat o‘rmon fondiga o‘tkazib berilishini ta'minlaydi.

“Yashil qoplamalar” barpo etish uchun istisno tariqasida:

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaligi organlari — buyurtmachi va pudratchi etib;

“O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi — bosh loyihachi etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

a) “Yashil qoplamalar” barpo etiladigan hududlarni o‘rmon xo‘jaliklarining imkoniyatidan kelib chiqib biriktirilishini, “Yashil qoplamalar” amalga oshiriladigan hududlarda himoya o‘rmonzorlari o‘z muddatida va sifatli barpo etilishi nazorat qilinishini ta'minlaydi;

“Yashil qoplamalar” barpo etiladigan o‘rmon xo‘jaliklari xodimlariga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibiga asosan belgilangan tartibda kompensatsiya xarajatlari to‘lanishi nazarda tutilishini ta'minlaydi;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019 yilning kuz-qish va 2020 yil davomida jami 700 ming gektar maydonda “Yashil qoplamalar” barpo etilishini tashkil etadi;

v) “O‘rmonloyiha” DUK tomonidan:

o‘rmon xo‘jaliklariga doimiy egalik qilish huquqi asosida ajratib berilgan maydonlarda loyiha-qidiruv ishlari o‘tkazilishini, o‘rmon barpo qilishga yaroqli yer maydonlarini aniqlash va himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha reja ishlab chiqilishini;

rejaga asosan o‘rmon barpo etish usullarini, har bir o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha o‘rmon barpo etishga zarur bo‘ladigan texnikaning soni va turlari, xomashyo va bajariladigan ishlar hajmi bo‘yicha smeta xarajatlarining aniq hisob-kitobi ishlab chiqilishini;

o‘rmon barpo etish ishlarida loyihani bajarilishi bo‘yicha nazorat o‘tkazilishini ta'minlaydi.

Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjetining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablag‘lar;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablag‘lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan hududida “Yashil qoplamalar” barpo etishni moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga “Yashil qoplamalar” barpo etish uchun 2019-2020 yillar davomida Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi oldidagi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining qarzdorligi hisobidan bosqichma-bosqich mablag‘ ajratilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi “Yashil qoplamalar” barpo etish uchun:

tizim tashkilotlaridan qo‘shimcha 1000 nafar xodim jalb etilishini;

ishchilarni oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan ta'minlashini;

cho‘l o‘simliklari urug‘larini zaxirasini jamg‘arishni va ekish uchun uzluksiz yetkazib berishni;

zararkunandalarga qarshi kurashish vositalari bilan ta'minlashni;

vaqtinchalik bino va inshootlar qurishni;

aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlarini jalb etishni;

zaruriy texnika va asbob-uskunalarni sotib olishni va boshqa tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi.

Bunda, “Yashil qoplamalar” barpo etishda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizim tashkilotlariga yuqoridagi tadbirlarni tashkillashtirish uchun zaruriy mahsulot (ishlar, xizmatlar) xarid qilishda, ularni yetkazib beruvchilari bilan, istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish huquqi beriladi.

“Yashil qoplamalar” barpo etishdagi tashkiliy masalalarni hal etish uchun:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi – ishchi xodimlarni ichimlik suvi yetkazilishini;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Transport vazirligi bilan birgalikda – zaruratga ko‘ra kichik aerodromlar tashkil etilishini;

Transport vazirligi – ishchi xodimlarni hududdagi yashash joyidan ish joyigacha bo‘lgan masofaga tashish uchun 20 dona avtobus va urug‘ tashish uchun 10 dona yuk tashish transport vositalarini hududga yetkazilishini;

Energetika vazirligi – ishchilarni yashash sharoitini isitish va ovqatlanishini tashkillashtirish uchun yetarli miqdorda gaz ballonlar va siqilgan gaz yetkazilishini;

Iqtisodiyot va sanoat, Energetika, Moliya vazirliklari hamda “O‘zbekneftgaz” AJ birgalikda – zaruriy talabdan kelib chiqib, yoqilg‘i moylash mahsulotlarini limiti ajratilishini va belgilangan imtiyozli narxlarda uzluksiz yetkazib berilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – “Yashil qoplamalar” barpo etilayotgan hududda zarur aloqa vositalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratilishini ta'minlaydi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 32°

Namlik 15% Shamol 5.01 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (158)