Cho‘llanishga qarshi kurashish uchun memorandum imzolanadi

BMT Bosh Assambleyasi 2010 yilda 2020-yilgacha bo‘lgan davrni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘l va Cho‘llanishga qarshi kurash o‘n yilligi deb e’lon qilgan edi.

Vaholanki, hozirgi vaqtda iqlim o‘zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi, cho‘llanish va yerning degradatsiyasi, bioxilma-xilliklarning qisqarishi, ichimlik suvining ifloslanishi va yetishmasligi, o‘rmon va tuproq inqirozi insoniyat uchun nihoyatda dolzarb global ekologik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shu bois ham BMT quruq yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan dunyo mamlakatlarini birlashib, turli loyihalarni amalga oshirishga undamoqda.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, hozirda yurtimizning 70 foizi tabiiy sho‘rlanishga, qum ko‘chkilari, changli bo‘ronlar va garmsellar tarqalishi ta’siriga uchragan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil maydonlardan iborat. Orol fojiasi oqibatida 5,5 million gektardan ortiq maydonli Orolqum cho‘li vujudga kelgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida cho‘llanish darajasi yuqoridir, deydi mutaxassislar.

Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi a’zolarining Hindistonning Nyu - Deli shahrida o‘tkazilayotgan konferensiyasida ishtirok etmoqda. Unda Orol mintaqasida amalga oshirilayotgan o‘rmonlashtirish ishlari yuzasidan taqdimot o‘tkaziladi.

Unda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, konferensiya doirasida BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiyasining ijrochi kotibi janob Muhammad Tiav bilan N. Bakirovning uchrashuvi belgilangan.

Unda o‘zaro hamkorlik borasidagi masalalari muhokama qilinadi va mintaqada chang - bo‘ronga qarshi kurashish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolanishi mo‘ljallangan.

Konferensiya 11- sentyabrga qadar davom etadi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 33°

Namlik 12% Shamol 5.04 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (96)