Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

a) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida:

raisning investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlarining 29 ta shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga tarkibiy bo‘linmalarni yanada takomillashtirish, shu jumladan, Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi hamda O‘rmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasini tashkil etish;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘ini, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida tegishlicha Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i, Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.

 

Manba: kun.uz

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 32°

Namlik 15% Shamol 5.01 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (96)