Yaylovlar doimiy egalikka, ijara va vaqtinchalik foydalanishga beriladiHukumat qarori bilan

Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan har besh yilda bir marta yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar olib borish va xatlovdan o‘tkazish, yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari belgilanadi.

Yaylovlar belgilangan maqsadlar uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 33°

Namlik 12% Shamol 5.04 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (96)