Oliy ta’lim ma’lumotini olishiga tavsiyanoma berish bo‘yicha yig‘ilish

O‘zbekiston Prezidentining 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangan.

Qarorga asosan, Oliy ta’lim muassasalariga 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish huquqi berilgan edi. Bunda, o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi. Shu jumladan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida xam rais o‘rinbosari Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich boshchiligida o‘rmon xo‘jaliklarida 5 yillik stajga ega bo‘lgan ishchi xodimlarni mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’lim olishiga tavsiyanoma berish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 33°

Namlik 12% Shamol 5.04 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (158)