Qozog‘istonning janubiy poytaxtida bir millionta daraxt ekiladi

Olmaota shahrida 1 millionta daraxt ekish rejalashtirilmoqda. Shahar hokimining aytishicha bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, megapolisni eko-shaharga aylantirish hisoblanadi.

Joriy yilning kuz faslida Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir millionta daraxt ekilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimi Bakitjan Sagintayev o‘z "Instagrami"da ma’lum qildi.

 

Hozirda shaharda 2,2 mln daraxt bor

Shahar hokimi o‘zining "Instagram" sahifasi quyidagicha izoh qoldiradi:

"Shahrimizni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha majlis o‘tkazdim. Hozir Olmaotada 2,2 millionta daraxt bor, ammo ularning 550 mingtasi avariyaviy va kasal holatda. Kuzda uch yillik J"asyl Almaty" loyihasini amalga oshirishni boshlashni taklif qilaman, uning doirasida butun shahar bo‘ylab bir milliondan kam bo‘lmagan daraxt ekiladi", — deydi hokim.

Sagintayevning ta’kidlashicha, yangi mikrotumanlar, ko‘chalar, hovlilarni ko‘kalamzorlashtirish, butun megapolis bo‘ylab aholi uchun yangi xiyobonlar, skverlar, bog‘lar, dam olish hududlarini yaratish lozim.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 32°

Namlik 15% Shamol 5.01 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (96)