2021-yilgacha meva-sabzavot yetishtirish hajmi 17,7 mln tonnaga yetkaziladi

2021-yilgacha 55 ta tumanda intensiv bog‘lar tashkil etilib,  meva-sabzavot yetishtirish hajmi 17,7 mln tonnaga etkaziladi. Buning uchun 3 trln. 674 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021-yilda meva-sabzavot ishlab chiqarish hajmi 10 foizga oshirilib, 17,7 mln tonnaga yetkaziladi.

Past rentabelli maydonlar qisqartiriladi

Manbada yozilishicha, 2019-2020-yillarda g‘alla va paxtadan past rentabelli maydonlarni qisqartirish hisobiga sabzavot maydonlari 32 ming gektarga, poliz maydonlari 4,6 ming gektarga, kartoshka ekiladigan maydonlar 10,7 ming gektarga oshadi. Ushbu maydonlarda innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobiga 2021-yilda birgina sabzavot ishlab chiqarish hajmini 2018-yilga nisbatan 110 foizga yoki 10,7 mln tonnaga oshirish rejalashtirilgan.

Respublikada 269 ming gektar bog‘ mavjud

Qayd etish lozim, bugungi kunda respublikada jami 269 ming gektar bog‘lar mavjud bo‘lib, shundan atigi 16 foizi yoki 44 ming gektari intensiv bog‘lar hisoblanadi.

55 ta tumanda yana 36 ming gektar bog‘ tashkil etiladi

2019-2021-yillarda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda samarasiz bog‘lar o‘rniga 36 ming gektarda intensiv bog‘lar tashkil etiladi. Buning uchun 3 trln. 674 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 33°

Namlik 12% Shamol 5.04 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (158)