Anqarada O‘zbekiston va Turkiya Oliy kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Vazirlar Shavkat Mirziyoyev va Rajap Toyyib Erdog‘on o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, 2019-yilda Anqara shahrida davlat rahbarlari raisligida o‘tkaziladigan Oliy darajadagi O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikda markaziy o‘rinni savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalari egallashi ta’kidlangan. 2018-yil yakunlariga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 40,5 foizga oshib, 2 milliard 172 million dollarini tashkil etgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi esa 1 milliard 142,7 million dollarni tashkil etib, 2018-yilning shu davriga nisbatan 22 foizga oshgan. Turkiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 50 foizga oshib, 1081 taga yetgan.

Delegatsiyalar rahbarlari madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratgan. Turkiya tomoni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” XII Xalqaro musiqa festivaliga va Qo‘qon shahridagi I Xalqaro hunarmandchilik festivaliga taklif etilgan. Ikki mamlakat ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Muzokaralar yakunida ikki davlat TIV rahbarlari raisligida Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishini 2020-yilda Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida kelishilgan. Abdulaziz Komilov va Mavlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020—2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolagan.

Hujjatda savdo, investitsiya, turizm, energetika, transport, xavfsizlik, ta’lim kabi dolzarb yo‘nalishlar va boshqa masalalar bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishni hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 32°

Namlik 22% Shamol 7.99 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (154)