EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRIShDA SO‘QOQ NAMUNA KO‘RSATA OLADI

O‘zbekiston tabiati haqida so‘z ketganda, albatta chiroyli ta’riflar berishdan o‘zimizni tiya olamaymiz. Boisi 4 faslni o‘zida to‘liq aks ettiradigan vatanimiz tabiati turfa xilligi, betakror manzarasi bilan ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘lgan va bo‘lmoqda. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ekoturizmni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor shu omillar sabab bemalol rivojlanish sari qadam qo‘ygan deya olamiz.

Yurtimizning mana shunday go‘zal go‘shalaridan biri parkent tumanida joylashgan So‘qoq qishlog‘i nafaqat mador somsasi-yu, xushta’m kaboblari bilan balki so‘lim tabiati va ko‘rkam yaylovlari bilan ham mashhurdir. Mazkur hududda joylashgan So‘qoq o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi 1937 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bu yer sayyohlar bilan gavjum go‘shalardan biri sanaladi.

Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlari va ommaviy axborot vositalari hamkorligida Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan So‘qoq o‘rmon xo‘jaligi bo‘limida ekoturizmni rivojlantirishga oid tadbir tashkil etildi. Tadbirda So‘qoq o‘rmon xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i Muzaffar aka, xodimlari Bahrom O‘roqboyevlar yig‘ilganlarni So‘qoqning so‘lim go‘shasi bo‘ylab sayrga taklif qildi. Darhaqiqat, xo‘jalikda ishlovchi Bahrom ota O‘roqboyev haqida so‘z ketar ekan, bu odamni xo‘jalikda tanimaydigan insoning o‘zi topilmaydi. Sababi Bahrom ota mazkur o‘rmon xo‘jaligi bo‘limida qariyib 60 yildan buyon turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladilar va qimmatli tajribasi bilan yoshlarga o‘rnak ko‘rsatib kelmoqda.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 34°

Namlik 19% Shamol 7.58 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (154)