Germaniyada xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish bo‘yicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferensiya o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 7-8 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish bo‘yicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferensiya o‘tkazish yuzasidan taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar:

Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita;

Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Tashkiliy qo‘mita (S. Umurzoqov)ga:

Xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan xorijiy tadbirkorlar, investorlar va ekspert-tahlilchilar, shu jumladan vatandoshlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining istiqbolli tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat turizm salohiyatidan yanada samarali foydalanish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqotlar va boshqa turli sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlash;

Xalqaro konferensiyani yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha zaruriy tashkiliy ishlarni ko‘rish vazifasi topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi bilan birgalikda:

Xalqaro konferensiya ishini Germaniya Federativ Respublikasining Berlin shahrida xorijiy tadbirkorlar, investorlar va ekspert-tahlilchilar, shu jumladan vatandoshlar bilan hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazish;

Germaniya Federativ Respublikasi va unga yaqin boshqa Yevropa davlatlarida istiqomat qilayotgan va faoliyat olib borayotgan qimmatli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarimizning Xalqaro konferensiya ishida faol qatnashishlarini ta’minlash vazifalari yuklatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vaziriligi, Innovatsiyani rivojlantirish vaziriligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda Xalqaro konferensiya plenar yig‘ilishida O‘zbekistonning investitsion muhiti, turizm salohiyati, xorijiy davlatlarda yuqori malakali va zamonaviy bilimli mutaxassislar tayyorlash siyosati hamda vatandoshlar bilan doimiy muloqotlari yuzasidan o‘z taqdimotlarini o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xalqaro konferensiya davomida milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz aks etgan, maxsus tayyorlangan dastur asosida madaniy tadbirlar tashkil etadi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 6°

Namlik 61% Shamol 4.98 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (180)