Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq yigʻilishlarda bevosita qatnashishini taʼminlash toʻgʻrisidagi

Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq yigʻilishlarda bevosita qatnashishini taʼminlash toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA

I. Umumiy qoidalar
1. Qoʻmita fuqarolar (jismoniy shaxslar), shu jumladan, tashkilotlar (yuridik shaxslar), jamoat birlashmalari, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillarining oʻz kollegial yigʻilishlarida ishtirok etishlari imkoniyatini taʼminlaydi.
2. Qoʻmita kollegial yigʻilishlari jamoatchilik uchun ochiq hisoblanadi, yopiq yigʻilishlar bundan mustasno.

II. Yigʻilishlar oʻtkazish toʻgʻrisida axborotdan foydalanuvchilarni xabardor qilish

3. Qoʻmita oʻz veb-saytida ochiq yigʻilishlari kun tartibini, shuningdek, uni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyini koʻrsatgan holda yigʻilish oʻtkazish rejasini eʼlon qiladi.
4. Qoʻmita oʻzi joylashgan joylarda axborot stendini jihozlaydi, ushbu stendda yigʻilish kunidan kamida bir hafta oldin yigʻilishning kun tartibi, vaqti, shuningdek, yigʻilish oʻtkazishning ochiq va yopiq rejimi toʻgʻrisida axborot joylashtiriladi.

III. Yigʻilishlarda qatnashishni tashkil qilish

5. Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar vakillarining yigʻilishlarda ishtirokini taʼminlash maqsadida qoʻmitada tegishli yigʻilishda ishtirok etishni xohlovchilar roʻyxatga olish jurnaliga yoziladi. Tashrif buyuruvchi toʻgʻrisidagi axborotni qayd qilish va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi yigʻilishda qatnashish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Yozuv yigʻilishda ishtirok etishni xohlovchi fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxsning vakili uchun – yuridik shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, nomi, shuningdek egallab turgan lavozimini oʻz ichiga oladi. Boshqa maʼlumotlar yoki hujjatlarni taqdim etish shart emas.
6. Tashkiliy-texnik imkoniyatlardan kelib chiqib yigʻilish oʻtkazish zalida tashrif buyuruvchilar uchun joylar jihozlanadi. Tashrif buyuruvchilar uchun joylar soni yozilganlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi. Joylarni taqdim etish ketma-ketligining ustuvorligi roʻyxatga olish jurnalidagi yozuvning ketma-ketligidan kelib chiqadi.

IV. Tashrif buyuruvchilarning yigʻilishlarda qatnashish tartibi

7. Qoʻmita kollegial yigʻilishlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining qatnashishi ularning oʻtkazilishiga xalaqit bermasligi kerak.
8. Yigʻilishda qatnashishning belgilangan tartibi buzilganda raislik qiluvchi tartib buzuvchiga tanbeh beradi, tartib qayta buzilganda esa uni yigʻilish zalidan chiqarib yuboradi.
9. Yigʻilishda ishtirok etuvchi tashrif buyuruvchilar yozish, shuningdek, fotosuratga olish, audio va videoyozuvni oʻtkazish huquqiga egadirlar, agar bu yigʻilish oʻtkazilishiga xalaqit bermasa.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 19°

Namlik 33% Shamol 5.54 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (28)