O‘rmon fondi yerlarida za’faron plantatsiyalari tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘rmon fondi yerlarida za’faron plantatsiyalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklariga o‘rmon fondi yerlarida za’faron plantatsiyalarini tashkil etish maqsadida za’faron tuganak piyozlarini “Brand Investment Group” MChJning umumiy ta’sischisi hisoblangan “AGRIONE-BEKABAD”MChJ bilan istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan holda xarid qilishga ruxsat berilishi mumkin.

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga za’faron tuganak piyozini xarid qilish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklariga imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘n kun muddatda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari bilan “Brand Investment Group” MChJning umumiy ta’sischisi hisoblangan “AGRIONE-BEKABAD”MChJ o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan holda za’faron tuganak piyozlarini xarid qilinishini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xarid qilingan za’faron tuganak piyozlaridan samarali foydalangan holda za’faron plantatsiyalari tashkil etilishini, agrotexnika talablariga muvofiq parvarishlanishini hamda za’faron xom ashyosi yetishtirilishini ta’minlaydi.

Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D.Vahobov zimmasiga yuklanadi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 34°

Namlik 19% Shamol 7.58 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (154)