“O‘rmon zararkuranda va kasalliklariga qarshi kurashish oldini olish” mavzusida

15 iyul kuni Samarqand viloyatida “O‘rmon zararkuranda va kasalliklariga qarshi kurashish hamda o‘rmon yong‘inlarini oldini olish” mavzusidagi ilmiy-amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Bu yil bahor fasli seryomg‘ir kelganligi hisobga olinsa, o‘rmon fondi o‘simliklar dunyosiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘rmon zararkunandalari va kasalliklarini tezda rivojlanib ko‘payishi uchun qulay sharoit tug‘ildi. Shu sababli yurtimiz o‘rmonlarida har yilgidan ko‘ra zararlanish darajasi 2019 yilda sezilarli darajada ortdi.

Ayrim xo‘jalik raxbarlari va mas’ul xodimlarining o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi tufayli ayrim o‘rmon xo‘jaliklarida yangidan ekilgan ko‘chatxonalar va niholxonalarda o‘rmon zararkunanda va kasalliklari bilan zararlanishiga sharoit yaratib berildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘rmon zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashishda uyg‘unlashgan kurash usulidan samaralii foydalanilsa ya’ni agrotexnik-mexanik, biologik va kimyoviy usullarni o‘z vaqtida monitoringi qilinsa, o‘rmon zararkunanda va kasalliklarini rivojlanishi oldini olish uchun imkoniyat yaratiladi.

O‘rmon yong‘inlari haqida gap ketganida- yong‘inlar o‘rmon zararkunandalari singari tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi.

Birgina 2018 yilda ayrim xo‘jalik rahbarlari va mas’ul xodimlarining etiborsizligi va o‘z ishiga sovuqqonligi tufayli 3 marotaba yong‘in chiqish holatlari kuzatilgan. Buning oqibatida esa tabiatga jami 10.963.319 so‘mlik zarar yetkazilgan. Yetkazilgan zararni esa aybdor shaxslar hisobidan qoplashga erishilgan.

Yuqorida berilgan ma’lumotlardan xulosa qilsak, o‘rmonlarda yong‘in chiqish xavfini oldini olish uchun zudlik bilan Respublikaning har bir o‘rmon xo‘jaligida yong‘inga qarshi navbatchilik qismini tashkil etish, xo‘jaliklarning har bir bo‘limlarida yong‘inga qarshi suv zahiralarini yaratish, minerallashtirilgan polasalarni va yong‘inga qarshi yo‘llarni ta’mirlash bilan birgalikda o‘rmon xo‘jaliklari hududiga yaqin joylashgan aholi yashash punkti yoki idora va tashkilotlarda muassasa xodimlari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yib o‘z vaqtida bajarib borilishini ta’minlash talab etiladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 32°

Namlik 22% Shamol 7.99 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (92)