Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Xamzayev boshchiligida Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Samarqand viloyatida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi. An’anaga ko‘ra, viloyatdagi barcha o‘rmon xo‘jaliglari rahbarlari yerta tongdan viloyatning o‘rmon xo‘jaligi tabiat qo‘ynida yig‘ildi. Sayyor qabul tom ma’noda odamlarni yeshitish kayfiyatiga qurilgan. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, davlat idoralari xalqni yeshityapti. Kimgadir yoqar, kimgadir yoqmas, ammo bu uchrashuvlar odamlarning yodida qolyapti. So‘nggi paytlarda bir necha bora tilga olinganidek, boqimanda, ishyoqmas fuqarolar qatorida haqiqatan ham muhtojlar, og‘ir holatga tushib qolgan odamlar bilan yuzma-yuz bo‘lishga to‘g‘ri kelyapti.

Masalan, Xoliqova Barno Turopovnani misol qilib oladigan bo‘lsak xorgin holatda kirib keldi. Bu ayolning ilk holatiyoq mehnatda toblangan, ishdan qochmaydiganlar xilidan ekanligini isbotlab turibdi Xoliqova Barno opa turmushidan ajragan, uch nafar farzandninig onasi bir nafar nogiron farzandini parvarishlab kelmoqda. Yolg‘iz boshi bilan bolalar tarbiyasi, o‘qishi, yashashidan ortib, uyini ta’mirlab olishga qurbi yetmayotgan ekan. “Menga bittagina xonaning yeshik-derazasi, pol va shifti uchun yordam bersangiz”, dedi ayol. A.Xamzayev uning vaziyatini inobatga olib, homiylik yordami ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Sayyor qabulda fuqarolarimiz murojaat qilgan masalalar, asosan, ijara shartnomasi asosida yer ajratilishida amaliy yordam berish to‘g‘risida bo‘ldi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 33°

Namlik 12% Shamol 5.04 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (158)