BMTning O‘rmonchilik bo‘yicha forumining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda Amerika qo‘shma shtatlarining Nyu-York shahrida BMTning O‘rmonchilik bo‘yicha forumining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Sessiya kun tartibida so‘ngi yillarda O‘zbekistonning dunyo o‘rmonlarini kengayishiga qo‘shayotgan hissasi, jumladan qumli cho‘llarni o‘rmonzorlarga aylantirish bo‘yicha tajribasi namoyish etilmoqda.

Sessiyaning birinchi ish kuni davomida BMTning o‘rmonlar bo‘yicha 2017-2030-yillarga oid strategik rejasini amalga oshishi bo‘yicha hisobot jumladan, a’zo davlatlarning ixtiyoriy qo‘shayotgan hissasi bo‘yicha hisobotlari tinglandi. O‘zbekiston delegatsiyasi o‘tgan va joriy yilda mamlakatda o‘rmonlashtirish ishlarining jadallashganligini, xususan, Orol dengizning qurigan tubida 461 ming gektar o‘rmonzorlar tashkil etish uchun urug‘dan ekish ishlari boshab yuborilganligi hamda bu kabi ishlarni kelajakda ham davom ettirish bo‘yicha dastur qabul qilinganligini bildirib o‘tdi. Shuningdek, o‘rmonlarni barqaror boshqarish bo‘yicha mezon va ko‘rsatkich (kriteriya va indikator)lar ishlab chiqilganligini ma’lum qildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun xalqimiz ushbu tadbirlarni amalga oshirishda qo‘llab quvvatlayotgani ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga BMtning Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi talablarini bajarish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tayinlanganligi ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi.

Shuningdek sessiya kun tartibida o‘rmonlar bo‘yicha global ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish jarayonini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.Sessiya davomida xalqaro eksport va mutaxassislar tomonidan mazkur ishlarni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan muhim vositalar, jumladan mavjud resurslarni mobilizatsiya qilish (yo‘naltirish) ishlarini takomillashtirish bo‘yicha muhokama hamda o‘rmonlardan mahalliy aholining foydalanishini kengaytirish orqali ularning qo‘shimcha daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

O‘rmonlar bo‘yicha global siyosat tizimi muvofiqligini mustahkamlash va tuganmas o‘rmon manbalaridan foydalanish konsepsiyasini xalqaro darajada yakdil tushunishlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilishi kerak bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan fikr almashinadi.Shuningdek forum davomida 2017-2020-yillar davomida strategik reja va to‘rt yillik ish dasturining amalga oshishini qo‘llab-quvvatlash va o‘rmonlar bo‘yicha qo‘shma hamkorlik faoliyatini amalga oshirish, BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari tomonidan Parij kelishuvini amalga oshirish, biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaning biologik xilma-xillik sohasida mavjud bo‘lgan vazifalarni belgilab olish va uni amalga oshirish, mintaqaviy hamda submintaqaviy hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarni aniqlab olish, kommunikatsion va axborot-ma’rifiy faoliyatni keng yo‘lga qo‘yishga oid dolzarb masalalarga yechim topish nazarda tutilgan.

Sessiyaning ikkinchi ish kunida sessiyadan tashqari tadbirlar doirasida O‘zbekiston o‘rmonlari holati bo‘yicha prezentatsiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

9 may kuni delegatsiya a’zolari Vashington shahridagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi ko‘magida donor tashkilotlar uchun maxsus prezentatsiya qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, delegatsiya a’zolari AQSh O‘rmon xizmati bilan 2019 yil bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini tasdiqlashni ko‘zda tutgan. Ayni kunlarda Amerika qo‘shma shtatlarining Nyu-York shahrida BMTning O‘rmonchilik bo‘yicha forumining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tmokda. BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Sessiya kun tartibida so‘ngi yillarda O‘zbekistonning dunyo o‘rmonlarini kengayishiga qo‘shayotgan hissasi, jumladan qumli cho‘llarni o‘rmonzorlarga aylantirish bo‘yicha tajribasi namoyish etilmoqda.

 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 30°

Namlik 41% Shamol 5.18 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (86)