Orolbo‘yi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha loyiha takliflarni qabul qila boshladi

 

Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi (IXKTJ) loyiha takliflarini qabul qilishni boshlandi. 

IXKTJ boshqaruv kengashining 2019-yil 24-yanvardagi qaroriga muvofiq, IXKTJning dasturiy strategiyasining quyidagi uchta yonalishi loyiha takliflarini dastlabki qabul qilish uchun ustuvor yonalishlar sifatida tanlab olindi:

  1. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash (shu jumladan, o‘rmonlashtirish);
  2. Sog‘liqni saqlash sohasida xavfsizlikni ta’minlash;
  3. Ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash (shu jumladan, asosiy kommunal xizmatlardan, ijtimoiy himoya, suv ta’minoti, sanitariya va ta’lim sohalaridan foydalana olish imkoniyatini yaxshilash).

BMTning jamg‘arma faoliyatida ishtirok etuvchi tashkilotlari (BMTTD, UNFPA, UNICЕF, UNЕSCO, BMT NJQKB) loyiha takliflarini taqdim etish huquqiga ega. Milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar (masalan, davlat idoralari, mahalliy hokimlik organlari, xalqaro va mahalliy NNT, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar) tomonidan loyiha takliflari BMT tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi va taqdim etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2018-yilning 27-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasining taqdimoti o‘tkazilgan va rasmiy ravishda faoliyati boshlangan. IXKTJ inson xavfsizligi konsepsiyasiga asoslangan majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va donorlar hamjamiyati resurslarini safarbar etishning yagona noyob platformasi bo‘ladi hamda hukumatning Orol fojiasini hal qilish bo‘yicha Orolbo‘yi mintaqasida olib borayotgan sa’y harakatlarini to‘ldiradi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 21°

Namlik 51% Shamol 3.89 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (154)