Prezident qarori:davlat qo‘riqxonalari Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining:

a) Quyidagilarni:

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda;

 

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasining 6 ta shtat birliklarini amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish;

 

b) 2019-2022 yillar mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida quyidagi 5 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni:

“Janubiy Ustyurt” davlat qo‘riqxonasi;

“Beltov”, “Oqpetki” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oralig‘i” davlat buyurtma qo‘riqxonalari;

“Sudoche” davlat buyurtma qo‘riqxonasi negizida “Sudoche ko‘llar tizimi” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi negizida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi tashkil etiladi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat qo‘riqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va “Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigini moliyalashtirishni yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda topshiriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda:

o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari hisobini yuritish, meteorologiya va gidrologiya kuzatuvlarini olib borish, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rinishga ega ma’lumotlarni to‘plash, ifloslanishning atrof muhitga ta’sirini o‘rganish;

xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish sohasiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ta’minlaydi;

v) ikki oy muddatda:

Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ustavlarini tasdiqlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” tadbirlarining o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 27°

Namlik 27% Shamol 6.17 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (138)