O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qonun bilan Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlariga (79-modda) quyidagilar qo‘shildi:

• siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi, shuningdek ichki va tashqi siyosat masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

• Bosh vazir taqdimiga ko‘ra Hukumat a’zoligiga nomzodlarni, keyinchalik ularni Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2019 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 27°

Namlik 27% Shamol 6.17 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (81)