Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish respublika markazi tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Respublikada psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash va psixologik xizmat tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Hujjat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi negizida ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoniga aylanadigan, tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ish olib boruvchi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qoshida Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish respublika markazi etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

bola ruhiyatida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash uchun ishonch telefoni va “call-center” tashkil etish;

manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida psixologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish;

profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar psixologiyasiga oid qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish va yoshlar psixologiyasiga oid ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi negizida bolalarning psixologik-pedagogik jihatdan rivojlanishi, o‘quvchilar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari va o‘qituvchilariga ilmiy-metodik xizmat ko‘rsatish hamda psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Respublika maktab psixologik xizmati ilmiy-o‘quv-uslubiy markazi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida qo‘shimcha 2 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan aholiga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida psixologiya xizmatlari markazlari orqali maslahatlar berib borishni ta’minlaydigan aholiga psixologik xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi, Oila markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) bo‘limlarida esa qo‘shimcha 1 tadan shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan tegishli sho‘‘balar tashkil etiladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 34°

Namlik 19% Shamol 7.58 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (154)