Qizilmiya yetishtiruvchilariga dronlar olib kirishga ruxsat berildi

Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi a’zolariga 2024 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruxsat berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytiladi.

Kutilishicha, dronlar qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish jarayonini samarali boshqarishda yordam beradi.O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Uyushma a’zolariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risida xulosa berilishini ta’minlaydi.

Uyushmaning qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan a’zolariga 2024 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga:

a) quyidagilardan:

er solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i to‘lashdan;

o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, shu jumladan qurilish materiallari, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilish

b) plantatsiyalar tashkil etish uchun ekish materiallarini (urug‘, qalamchalar) tayyorlash (yig‘ish) maqsadida ruxsatnoma olish uchun yig‘imlar to‘lovini kechiktirish tarzida imtiyozlar berildi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 34°

Namlik 19% Shamol 7.58 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (154)