Rasmiy veb-sahifada joylashtiriladigan qo'mita faoliyatiga oid axborotlar ro'yxati

 

  • Qo‘mitaning va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
  • qo‘mita tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Qo‘mita tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qo‘mita tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qo‘mita tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qo‘mitaning ning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • amalga oshirilishida qo‘mita ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qo‘mitaning faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish sur’atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qshmita tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qo‘mita tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qo‘mitqning ochiq hay’at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo‘lish tartibi.

Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham joylashtirilishi mumkin.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 21°

Namlik 51% Shamol 3.89 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (154)