Farovon hayot – obod ko‘ngil

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Mirmiron massivida namunaviy loyihalar asosida turar-joylar qurish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida aholi turmush farovonligi yuksalmoqda. 

Hududda barpo etilgan ko‘rkam uy-joylar, bozor, zamonaviy supermarket, maishiy xizmat ko‘rsatish markazi, issiq non sexi, bolalar maydonchasi, keng va obod ko‘chalar kishiga zavq bag‘ishlaydi. 

– So‘nggi yillarda qishlog‘imizda namunaviy loyihalar asosida 324 uy barpo etildi, - deydi “Mirmiron” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Tolib Safarov. – Bu qishlog‘imiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib, odamlarning hayotdan mamnun va rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilayotir. 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 66% Shamol 5.34 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (21)