Qiziqarli ma'lumotlar

 

Do`lananing 10 shifobaxsh xususiyati

Do`lana mevalarining tarkibida 20 foiz qand, 8 foiz yog`, flavonoidlar, xolin, asetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, S vitamini, organik kislotalar kabi moddalar mavjud. O`zbekiston sharoitida o`sadigan do`lananing ba`zi turlarida V1, V2, RR, S, E vitaminlari borligi aniqlangan.

  • Do`lananing bir hovuchi iste`mol etilsa, nafaqat kishini kun bo`yi tashnalik va ochlikdan asraydi, balki unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Shu boisdan bo`lsa kerak, do`lanani lotin tilida "gratas" (kuchli) deb ataydilar.
  • 20 gramm do`lananing mevasidan olinib, 200 ml qaynoq suvga solinadi (qopqoqli emal kastryulga) va past olovda 15 daqiqa qaynatib, sovugach, suziladi. Qaynatmadan 50-100 gramm asabiylashganda, qon bosimi ko`tarilganda va yurak atrofida og`riq paydo bo`lgan holatlarda ichiladi.
  • Ikki osh qoshiq quritib maydalangan do`lana gulini emal kastryulkaga solib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib olinadi va kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.
  • Do`lana mevasidan xonaki qiyom tayyorlash uchun 25 gramm do`lana mevasi ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, quyulguncha qaynatiladi. hosil bo`lgan qiyomsimon moddadan kuniga uch mahal ovqatdan so`ng 40 tomchidan ichiladi.
  • Shakarli do`lana qaynatmasi issiqdan hosil bo`lgan bosh og`rig`ini davolashda yaxshi foyda beradi.
  • Do`lana me`yorida eyilsa, qon qusish, ichdan qon ketish hamda qayt qilishni to`xtatadi, belni baquvvat qiladi, oyoqdagi og`riqni oladi.
  • Do`lanani och qoringa iste`mol qilmaslik kerak, chunki u ichakni qisib (spazm) qayt qildiradi.
  • Do`lana iste`mol qilgandan keyin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas, aks holda u oshqozon-ichak sanchig`i (kolit)ga sabab bo`lishini unutmang.
  • Do`lanani ortiqcha iste`mol qilish buyrakka zararli bo`lib, oshqozon-ichakni zaiflashtirib, kolit, ko`ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.
  • Do`lanadan tayyorlangan qaynatma, damlama, qiyom, preparatlari bilan faqat shifokor maslahati va nazorati ostida davolanish lozim.

    Kiyiko‘ti – yurakni mustahkam qiladi

    Kiyik o‘ti – yurtimizda tog‘ yonbag‘iri, toshli joylarda o‘sadi. U tomoq og‘rig‘i, me’da faoliyatining buzilishi, ko‘ngil aynishi, yurak sanchishining oldini olishda yordam beradi. Ichburug‘, kolit (yo‘g‘on ichak yallig‘lanishini) xastaliklarida foyda qiladi.
    Kiyik o‘ti tarkibida A, E vitaminlari, biologik faol moddalar, mentol , saponinlar kabi moddalar mavjud. Ana shu moddalar tufayli kiyik o‘ti yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini pasaytiradi, asab tizimiga ijobiy ta’sir etib, tinchlantiradi. Yaralarning tez bitishiga yordam beradi.

    Qorin dam bo‘lishi, me’da aynishi, tish og‘rig‘i va charchoq, quvvatsizlikka shifo. O‘simlik tarkibidagi timol moddasi gijjalarga va mikroblarga qiron keltiradi. Shuningdek, kiyik o‘ti rak (saraton) hujayralarini ham yo‘qotish xususiyatiga ega. Buni olimlar tajribada aniqlashgan.

    Kiyik o‘ti foydasi haqida

    Respublikamiz tabobat olamida shifobaxshligi jihatidan oldingi o‘rinlarda turadigan o‘simlik – bu kiyik o‘tdir. Kiyik o‘ti (Zizifora) tukumi labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, respublikamizda bu turkumning 7 turi uchraydi. Tabobatda va oziq-ovqat sanoatida esa, asosan tabiatda keng tarqalgan uchta turi “kiyik o‘ti” nomi bilan ishlatiladi. Mahalliy aholi kiyik o‘tini “ko‘k o‘ti”, “bo‘yi non” kabi turli nomlar bilan ham atashadi. Kiyik o‘ti balandligi 40cm gacha yetadigan o‘simlik bo‘lib, poyasi ko‘p, asosi yog‘ochlangan, biroz egilgan, ingichka, sernovdali, mayin tukchalar bilan qoplangan.Bargi nashtarsimon, ponasimon, o‘tkir uchli, tukli yoki momiq tukchalidir. Poya hamda novdachalari uchidagi gullari bandli, mayin tukchali bo‘lib, to‘pgul shaklida joylashgan. Gultojibargi 7-8 mm, och gunafsha rangli, xushbo‘y, iyun va iyul oylarida gullaydi, urug‘i iyul-sentyabr oylarida yetiladi.
    Kiyik o‘ti tog‘li rayonlarning asosan shimoliy va janubiy yon bag‘rlaridagi shag‘alli va toshli, soz va qo‘ng‘irsimon tuproqli joylarda, dengiz sathidan 2400m balandlikkacha bo‘lgan joylarda tarqalgan. Ayniqsa u janubiy tog‘ yonbag‘larida ko‘p tarqalgan bo‘lib, ba’zi joylarda keng maydonlarni egallaydi.

    Tarqalish joyi

    Kiyik o‘ti asosan Ugom, Chotqol, Pskom, Qurama va Qorjontog‘da, Zarafshon, Turkiston, Nurota va Hisor tog‘ tizmalarida keng tarqalgan. Respublikamizning Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘li tumanlarida o‘sadi. Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal va Forish tumanlarida keng tarqalgan.
    Mazkur o‘simlikning “Kiyik o‘ti” deb atalishining asosiy sabablaridan biri, bu kiyiklarning, burama shoxli yovvoyi tog‘ echkilari “marxo‘r”ning va yovvoyi tog‘ qo‘ylari “alqor”ning sevimli ozuqasi ekanligidan bo‘lsa kerak. Kiyik o‘tining tarqalgan joylarda albatta kiyiklarni, burama shoxli yovvoyi tog‘ echkisi “marxo‘r”ni va Seversov nomi bilan ataluvchi yovvoyi tog‘ qo‘ylari “alqor”ni uchratish mumkin.

     

    Kiyik o‘ti – xalq tabobatida

    Mahalliy aholi kiyik o‘tini ziravor sifatida turli taomlarga qo‘shishadi, chunki ularning tarkibida efir moylari, vitaminlar va odam organizmi uchun zarur bo‘lgan turli makro va mikro elementlar mavjud. Xalq tabobatida kiyik o‘tlaridan buyrak, yurak, jigar va oshqozon ichak hastaliklarini davolashda ishlatib kelinadi.
    Ilmiy tabobatda ularning damlamasi yurakning ish faoliyatini yaxshilashda, arterial qon bosimlarini pasaytirishda, hamda peshob haydovchi dori vositasi sifatida keng qo‘llaniladi. O‘simlikning yer ustki qismlari– poyasi, bargi va to‘pgullari tarkibida 2.5 foizgacha efir moylari,
    C, E, A vitaminlari mavjud. Shuningdek, “Safro haydovchi Xojimarov yig‘masi”ning asosiy tarkiblariga ham kiyik o‘ti kiritilgan.

    Hozirgi vaqtda bu yig‘ma tibbiyot amaliyotida jigar hastaliklarini davolashda, ayniqsa sariq kasalligi – gepatitni samarali davolashda ishlatilmoqda. Kiyik o‘t nafaqat tabobatda balki, oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llanilmoqda. Uning asosida, professor Q.Xojimatov tomonidan chanqoqbosti shifobaxsh alkogolsiz “Toshkent” ichimligi yaratilgan.
    Bundan tashqari kiyik o‘t turli “fitochoy”lar tarkibiga kiritilgan va muvaffaqiyatli rivishda ishlatilib kelinmoqda. Alohida ta’kidlash joizki, ayni paytda kiyik o‘tidan sifati oshirilgan (boyitilgan) choylar tayyorlashda foydalanmoqda. Bunda asosan olimlarimiz xalqimizning ko‘p yillik tajribalariga tayanib, turli “fitochoy”lar va “boyitilgan choylar” tayyorlashga va yaratishga muvofaqqiyatli erishmoqdalar.

    Respublikamizing shahar va qishloqlaridagi choyxonalarda hamda umumiy ovqatlanish maskanlarida, ayniqsa Jizzax viloyatining turli tumanlarida yozning jazirama kunlarida kiyik o‘tidan damlangan choylar kishi tanasiga rohat bag‘ishlaydi, chanqovni bosadi, ovqatni yaxshi hazm qiladi, qon bosimi va yurak faoliyatini mo‘’tadillashtiradi. “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markaziga qarashli ixtisoslashgan Davlat o‘rmon xo‘jaliklarida, hamda Zomin, Baxmal va Forish o‘rmon xo‘jaliklarida har yili 4 tonnadan ziyod kiyik o‘ti xom-ashyosi tayyorlanib iste’molchilarga yetkazilib berilmoqda.Iste’molchilar asosan, farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Salvare”, “Asel”, “Oqtosh”, “Mehrigiyoh” va “Gerbofarm” kabi korxonalar bo‘lib, bu korxonalarda kiyik o‘ti qayta ishlanib, ulardan tayyorlanayotgan “fitochoylar” biologik faol qo‘shimchalar (BAD) va dori vositalari xalqimiz dardiga malham bo‘lmoqda.
    Hozirgi vaqtda kiyik o‘tini respublikamizning ixtisoslashgan Davlat o‘rmon xo‘jaliklarida madaniy holda yetishtirish ustida ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Maqsadimiz tabiatga ziyon yetkazmasdan kiyik o‘tni madanishlashtirish va iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun mustahkam xom-ashyo bazasini yaratishdan iborat

  • Oddiy bo’ymadoron. Tisyachelistnik obiknovenniy (Achillea millefolium L.).
    Bo’ymodaron bo’yi 80 sm yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. O’simlik tog’ yon
    bag’irlarida, o’rmon chetlari, quruq o’tloqlarda, qir, yo’l yoqalari va bog’larda o’sadi.
    Tibbiyotda bo’ymodaronning yer ustki qismidan foydalaniladi. Uning tarkibida K, S,
    vitaminlari karotin, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. Efir moyi xamazulen va boshqa
    terpinoidlardan tashkil topgan.
    Ibn Sino bo’ymodaron yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmani shamollaganda, bosh
    og’rig’ida, bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa kasalliklarda tavsiya qilgan.
    Xalq tabobatida o’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma
    turli qon oqishlarda (qon tupurish, qon aralash ich ketish, bavosil kasalliklarida) qon
    to’xtatuvchi hamda ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og’rig’ini
    qoldiruvchi, siydik haydovchi vosita sifatida hamda o’pka sili va meda- ichak kasalliklarini
    davolashda foydalaniladi. Bo’ymodaron gulining kukuni asalga qorib yeyilsa, gijjalar tushadi.
    Tibbiyotda bo’ymodaron o’simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va
    suyuq ekstrakt me’da -ichak kasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, qon oqishini
    to’xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. O’simlikning yer ustki qismi qon ketishi to’xtatuvchi, ishtaxa ochuvchi va me’da ichak kasalliklarida ishlatiladigan yig’malar tarkibiga kiradi.
    5. Ikki uyali gazanda. Chayono’t. Krapiva dvudomnaya (Urtica dioica L.).
    Gazanda bo’yi 150 sm gacha yetadigan achituvchi tuklar bilan qoplangan ko’p yillik o’t
    o’simlik. O’simlik asosan nam yerlarda - suv bo’ylarida, bo’tazorlarda, axoli yashaydigan joylarda
    keng tarqalgan. Asosan Rossiyaning yuvropa qismida, Uzoq Sharqda va Markaziy Osiyoda
    uchraydi. Tibbiyotda gazanda bargidan foydalaniladi. Tarkibida K, S, V2 vitaminlari, karotin, ko„p
    miqdorda xlorofil va boshqa moddalar bor. Abu Ali ibn Sino chayono’t o’simligi mevasini nafas qisish kasalligini davolash uchun, bargini esa qon to’xtatuvchi va surgi dori sifatida ishlatgan.
    Xalq tabobatida o’simlik bargidan tayyorlangan damlama, qaynatma yoki barg kukuni
    ko’krak og’rig’i, bod, isitma, bezgak, nafas qisishi, burun va og’izdan qon oqishi va bavosil
    kasalliklarini davolashda hamda balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi dori sifatida
    qo’llaniladi. Gazanda bargi tarkibidagi biologik faol moddalar yig’indisining farmakologik ta’siri
    asosan uning tarkibidagi vitaminlarga va temir tuzlariga bog’liq. Ular qon ivishini tezlashtiradi
    (K va S vitamlari) va eritrotsitlar ishlab chiqarilishi oshiradi. Bundan tashqari, bachadon
    qisqarishini jonlantiradi, o’t haydaydi va yara bitishini tezlashtiradi.

    xom-ashyo bazasini yaratishdan iborat.

    Dorivor tog‘rayhon

    Tog‘rayhon oshko‘k (yoki ziravor) bo‘lishi bilan bir qatorda dori-darmon sifatida qo‘llaniladigan o‘simlik sifatida ham qadrlanadi. Uning tarkibida 2,2 foiz efir moylari, 6-8 foiz tanid moddasi, mikroelementlar, organik kislotalar, C darmondorisi, karotin kabi moddalar bor.O‘simlik urug‘larida 28 foizga qadar yog‘lar bo‘ladi.Xalq tabobati amaliyotida tog‘rayhon bod, falaj, tutqanoq, ichak og‘riqlarida qo‘llaniladi, shuningdek undan siydik haydovchi va terlatuvchi vosita sifatida ham foydalaniladi.Tog‘rayhondan tayyorlanadigan damlama terlatuvchi omil sifatida shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda tavsiya etiladi. Tog‘rayhon me’da-ichak faoliyatining sustligida, umumiy darmonsizlikda tavsiya etiladi.Tibbiyot amaliyotida tog‘rayhon damlamasi ichak faoliyati zaiflashganida, ishtaha ochuvchi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilovchi, siydik va yel haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi, gijja haydovchi dori sifatida ham buyuriladi.Tashqi davo uchun tog‘rayhon giyohidan kompress sifatida foydalaniladi. O‘simlik moyi esa tish og‘rig‘ini qoldiruvchi vosita hisoblanadi.Uy sharoitida tog‘rayhon o‘tidan dori-darmon tayyorlash uchun ikki choy qoshiq maydalangan tog‘rayhon 400 g qaynoq suvda damlanadi. Tayyorlangan damlamani bir sutka davomida iste’mol qilish mumkin. Tog‘rayhon moyini tayyorlash uchun bir qism maydalangan tog‘rayhon o‘tiga 0,5 litr zaytun yoki pista (kungaboqar) moyi bilan aralashtirilib, 8 soat davomida damlab qo‘yiladi. So‘ngra ezib dokadan o‘tkaziladi. Bu moy paxta pilikchaga shimdirilib, tish kavagiga qo‘yilsa, og‘riqqa barham beradi.

     

     

     

     

     

     

     

Toshkentda ob-havo

Harorat: 20°

Namlik 57% Shamol 6.8 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (154)