O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida 2017 yilning III choragi

O‘rmon  xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida 2017 yilning III choragi davomida sohani  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida 
ma`lumot

Hisobot davrida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
2017 yilning III choragi  davomida o‘rmon fondi erlarida 20 ming gektar, shundan, pista - 992 ga, yong‘oq - 254 ga, bodom - 266 ga, chilonjiyda - 40 ga, o‘tinbop - 1340 ga, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 10,0 ming gektar maydonda o‘rmon barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borilgan.
Rejadagi 239 gektar o‘rniga amalda 241 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 101 foizga bajarilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil
 16 oktyabrdagi lola daraxti va qrim qarag‘ayi ko‘chatlarini ekishni ko‘paytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha joriy yil ko‘chat ekish oyligi mavsumida 3500 donadan ortiq lola daraxti va 
64000 donadan ortiq qrim qarag‘ayi 84000 donadan ortiq chilonjiyda ko‘chatlari ekilgan.
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida rejadagi 24,5 ming gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan rejadagi 14 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.
2017 yilning III choragi  davomida rejadagi 132 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar 35 km yangi himoya liniyalari, 351 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, rejadagi 1610 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega 
va yong‘inga qarshi yo‘llar va rejadagi 1728 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlanib, barcha ko‘rsatkichlar rejaga nisbatan to‘liq bajarilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 03-12-5-sonli yig‘ilish bayoni ijrosi bo‘yicha O‘rmon xo‘jaliklarida madaniy holda etishtiriladigan dorivor o‘simliklar turlarini ko‘paytirish hisobiga o‘simliklar madaniy plantatsiyalar maydonini kengaytirish hamda dorivor o‘simliklarni tayyorlash va etishtirish hajmini oshirish maqsadida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 1995 gektar maydonda 47 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalari bilan 1096,9 ming so‘m miqdoridagi dorivor o‘simliklar xom ashyosini etkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, 5533,8 tonna tabiiy holda o‘suvchi dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash uchun kvota ajratildi.
Joriy yilning shu davriga qadar tizim o‘rmon xo‘jaliklarida 3135 tonna 58 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosi tayyorlandi.
2017 yilning III choragi davomida o‘rmon fondi erlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 641,2 mln. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 
107,3 foiz)  xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va 69,7 ming so‘mlik axoliga pullik xizmat ko‘rsatildi. 
Kasanachilik asosida 17 ta qo‘shimcha yangi ishchi o‘rinlari tashkil etildi. 
Yordamchi xo‘jaliklar tomonidan hisobot davrida 203 tsentner go‘sht ishlab chiqarilgan.
Tizim xo‘jaliklari tomonidan hisobot davrida 831 tn qora metall parchalari yig‘ib topshirilib, topshiriq 100,8 foizga bajarilgan.
2017 yilning 1 oktyabr holatiga debitorlik qarzlar 6746 mln. so‘mni, kreditorlik qarzlar esa 4570 mln. so‘mni va yalpi daromad 35500 mln. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 57% Shamol 5.01 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)