Barcha savdo korxonalari diqqatiga e`lon

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi  290-sonli qarori bilan tasdiqlangan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar blankalarini chop etish bo‘yicha e’lon qiladi. 
Jumladan;
1. “O‘rmon fondining pichan o‘rishga mo‘ljallangan maydonlarda pichan o‘rish uchun ruxsatnoma”  blankasi maxsus ximoyalangan  A4 formatdagi qog‘ozda 1000 ta va shuncha nazorat markasi;
Blanka seriya raqami 000001 dan - 001000 gacha raqamlanadi.
2. “O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish uchun – o‘rmon fondi erlarida Qizil qitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga / terish (yig‘ish)ga ruxsatnoma” blankasi maxsus ximoyalangan  A4 formatdagi qog‘ozda 300 ta va shuncha nazorat markasi;
Blanka seriya raqami 000001 dan - 000300 gacha raqamlanadi.
3. “O‘rmon fondining yaylov hududlarida chorva mollarini boqish uchun ruxsatnoma” blankasi maxsus ximoyalangan  A4 formatdagi qog‘ozda 5000 ta va shuncha “Nazorat markasi”;
Blanka seriya raqami 000001 dan - 0006000 gacha raqamlanadi.

Talablar. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar belgilangan namunadagi blankalar asosida, ularda qo‘shimcha nazorat markalari, hisobga olish raqamlari va himoyalanganlik darajalari bo‘ladi. 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 28% Shamol 6.43 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (79)