O‘rmonzorlar barpo qilish tadbirlari

2017 yilda o‘rmon fondi yerlarida 45 ming gektar maydonda yangi o‘rmonzorlar barpo etildi. O‘rmon barpo etish hajmining 40 ming gektarga yaqini Orol bo‘yi mintaqasida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho‘l hududlarida shamol erroziyasiga qarshi saksovul, cherkez va qandimning ko‘chatidan va urug‘idan ekib barpo etildi va ko‘paytirildi. Shu jumladan Orol dengizining suvi qurigan tubida ushbu tadbirlar 19,0 ming gektar maydonda amalga oshirildi. Hozirgi kungacha Orol dengizining qurigan tubida 500 ming ga maydonda o‘rmonzorlar barpo etildi.
Bundan tashqari tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yong‘oqmevali daraxtzorlar 4 ming gektardan ortiq maydonda tashkil etildi. Sug‘oriladigan vodiy yerlarida asosan mevali, yong‘oqmevali, terak va boshqa tez o‘suvchi daraxt turlaridan plantatsiyalar hamda daryo bo‘yi qirg‘oq yerlarida turanga, tol, jiyda o‘rmonzorlari ko‘paytirildi.
2018 yilda yangidan o‘rmon barpo etish tadbirlari 46,0 ming gektarda, ya’ni 2017 yilga nisbatan 1,5 ming gektar ko‘p amalga oshirish rejalashtirilgan. Bular asosan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida 7 ming gektarda yong‘oqmevali daraxtzorlar plantatsiyalarini va sug‘oriladigan yerlarda tsellyuloza va qog‘oz sanoatiga xom ashyo etkazib berish maqsadida 1,0 ming gektarda terak va boshqa tez o‘suvchi tsellyulozaga boy daraxt turlarini ekish hisobiga ko‘payadi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: -2°

Namlik 85% Shamol 4.09 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (47)