Qo`mita tomonidan Qo‘qon shahri va Andijon viloyatlarida amaliy seminarlar o‘tkazildi

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘risida”gi PQ-2966-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 03/1-1025-sonli topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rmondan qo‘shimcha foydalanishni tubdan rivojlantirish bo‘yicha 16-17 sentyabr kunlarida Qo‘qon va Andijon davlat o‘rmon xo‘jaliklarida amaliy seminarlar tashkil etildi. 


     Ushbu seminarlarda respublikaning barcha  o‘rmon xo‘jaligi boshqarma boshliqlari va boshqa sohaga ma’sul mutassadilar ishtirok etishdi. Seminarlar davomida Qo‘qon va Andijon davlat o‘rmon xo‘jaliklari misolida amalga oshirilayotgan ishlar jumladan,  ko‘chatxonalar va plantatsiyalar tashkil etish,  o‘rmon muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish hamda o‘rmonlardan ko‘shimcha foydalanish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish amaliy ishlari ko‘rsatib o‘tildi.  Chuningdek,  ipakchilik sanoati uchun xom ashyo etkazib berish maqsadida tut ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi va o‘rmon fondi yerlarida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda o‘rmonzorlar barpo qilish,  pista ko‘chatlarini konteynerlarda yopiq ildiz usulida etishtirish mavzulari alohida ta’kidlab o‘tildi.  Kelajakda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash hamda sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlarining ko‘nikmalari shakillantirildi. Seminarda Qo‘mita raisi N. Bakirov hamda Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.  
 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: -4°

Namlik 87% Shamol 1.27 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (25)