O‘zbekistonga 36 tonna za’faron (shafran) tuganak piyozlari olib kelindi

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan respublikamiz sharoitida za’faron (shafran) plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash borasida topshiriqlar berilgan bo‘lib, ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi "Brand Investment Group" MChJ bilan hamkorlikda za’faron (shafran) plantatsiyalarini tashkil etish uchun 36 tonna shafran tuganak piyozlari Gollandiyaning “Mts Schipper Elberse” kompaniyasidan xarid qilinib O‘zbekistonga olib kelindi. Olib kelingan za’faron (shafran) tuganak piyozlari plantatsiyalari 2017 yilda Andijon (Oltinko`l tumani 5ga), Qashqadaryo (Shahrisabz tumani 10ga), Toshkent ( Yuqori Chirchiq tumani 21ga) viloyatlarida tashkil etiladi.
       Za’faron o‘simligining kelib chiqishi O‘rta yer dengizi florasiga mansub. O‘simlik gulsafsardoshlar (Iridaceae) oilasi, za’faron (Crocus L.) turkumining vakili hisoblanadi. Tibbiyotda yengil tetiklashtiruvchi, gemarroy, tomir tortishish, og‘riq qoldiruvchi, ich ketish, stenokardiya, yurak funktsional kasalliklarida, qon kasalliklarida (leykemiya) foyda beruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Za’faronning gul ustunchalarida 50 foizdan ortiq bo‘yovchi modda krotsin yoki polixroit, 2,7 foiz yog‘, 0,32 foiz efir moyi, shuningdek, V, V2 vitaminlari, azotli moddalar, qandlar, kaliy va kaltsiy birikmalari mavjud. 
       Za’faron (shafran)ni yetishtirish va plantatsiyalarini tashkil etish respublikamizda farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun xom-ashyo manbaini yaratish hamda eksport qilishni keskin ko‘paytirish imkonini beradi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 66% Shamol 5.34 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (21)