O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan xalqaro grant mablag‘larini jalb qilish ishlari

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan xalqaro grant mablag‘larini jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot


O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2016 yilda umumiy qiymati 2 mln 180 ming AQSh dollari va 300 ming yevro miqdoridagi 3 ta grant loyiha amalga oshirila boshlandi. 
2017 yilning  kuz oylari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi uchun xalqaro grant loyihalarini jalb etish fasli hisoblanadi. Birinchidan, joriy yilning sentyabr oyida  Turkiya xalqaro hamkorlik agentligi (TIKA) bilan hamkorlikdaloyiha qiymati 2 mln AQSh dollari bo‘lgan  “Amudaryo deltasining qirg‘oqbo‘yi hududlarida 5 ming GA maydonda to‘qaylarning tabiiy tiklanishiga ko‘maklashish va o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishga kirishamiz. Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida namunaviy ko‘chatxona va issiqxonalar mavjud emas. Bu loyiha orqali Xorazm va Nukusda bittadan issiqxona va ko‘chatxona tashkil etiladi hamda o‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnik bazasi mustahkamlanadi.
Ikkinchidan, joriy yil oktyabr oyining ikkinchi yarimida Germaniyaning Atrof muhit vazirligi va Zukkov fondi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlik qiymati 2 mln yevro bo‘lgan “Quyi Amudaryo oqimida ekotizimning barqarorligi asosida erlardan foydalanish” loyihasini ochilish seminarini o‘tkazamiz. Bu loyiha quyi Amudaryo qirg‘oqlarida to‘qay o‘rmonlarini ko‘paytirish va u erdagi hayvonot olamini saqlash uchun infrastrukturalarni barpo etish, yashil yo‘laklarni tashkil etish hamda Quyi Amudaryo biosfera rezervatida tashrif markazlarini hamda Buxoro xonguli bug‘ularini asrab avaylashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni maqsad qilgan.
Uchinchidan, oktyabr oyining ikkinchi yarimida yana bir muhim tadbir ya’ni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Germaniyaning Mixail Zukkov jamg‘armasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3 mln 300 ming yevro O‘zbekiston uchun ajratilgan qismi esa,  1 million 100 ming yevro bo‘lgan “Markaziy Osiyo cho‘llarini muhofaza qilish” hududiy loyihasining ochilish seminari tashkillashtirilmoqda. Hozirda cho‘l tipidagi o‘simliklar gerbariylari bazasi tashkil etilmagan. Cho‘l hayvonlarining ham ma’lumotlar bazasi tashkil etilmagan. O‘rmonchilik sohasida xorijda tahsil olgan mutaxassislar ham juda kamchilikni tashkil etadi. Loyiha ushbu muammolarni bartaraf etish bilan bir qatorda cho‘l hududlarida o‘rmon barpo etish kabi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.
To‘rtinchidan, joriy yilning noyabr oyida BMT-FAO bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3 million 300 ming AQSh dollari bo‘lgan “Tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirishga kirishamiz. Hozirda yaylov yerlari sifatida tog‘ o‘rmonlaridan foydalanish oqibatida tog‘ daraxtlarining tabiiy ko‘payishida jiddiy muammolar paydo bo‘lgan. Yaylovlardan tizimli foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan. Turkiston archasi va Zarafshon archalarini ko‘paytirish uchun, plantatsiyalarni yaratish ishlari yaxshi tashkillashtirilmay kelinmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan loyiha Global Ekologik Jamg‘arma (GEF) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib namunaviy hudud sifatida Dehqonobod, Kitob, Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaliklari va Ibn Sino nomli ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlari tanlangan. 
Beshinchidan, joriy yil oktyabr oyining boshida Samarqand shahrida GIZ bilan hamkorlikda Markaziy Osiyyo o‘rmonchilari ishtirokida hududiy seminar tashkillashtiriladi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 2018 yilda umumiy qiymati 34 mln AQSh dolllari miqdoridagi yana 4 ta loyihani amalga oshirish borasida ish olib bormoqda.
Shuningdek, Xitoyning APFNet tashkiloti bilan hamkorlikda  500 ming AQSh dollari miqdoridagi loyiha ustida ish olib borilmoqda. Shu bilan birga hozirda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOYKA) va Jahon banki tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz. Shu bilan birga Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlikda Xitoyning “bir makon bir yo‘l” loyihasi doirasida Orolbo‘yi hududlarida o‘rmon ekish ishlarini kengaytirish va urug‘chilik laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqildi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 28% Shamol 6.43 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (79)