Dorivor o`simliklar plantatsiyalari

     Oxirgi yillarda oʻrmon xoʻjaliklarida  oʻtkazilgan isloxatlar  natijasida dorivor oʻsimliklarni madaniy plantatsiyalarini koʻpaytirish hisobiga oʻrmon xoʻjaliklari daromadlari sezilarli darajada oshishiga erishildi.
    Dorivor va ozuqabop oʻsimliklarning xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish maqsadida madaniy holda yetishtiriladigan dorivor va ozuqabop oʻsimliklar turlarini 82 taga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 7046 tonnaga yetkazish, 7 ta oʻrmon xoʻjaligida dorivor va ozuqabop oʻsimliklar xom ashyosini quritish liniyalarini, 10 ta xoʻjalikda fitobarlar yaritish xisobiga 17 ishchi oʻrin yaratish hamda Oʻrmon xoʻjaliklarida 154 ga naʼmatakzor, 24 ga anzur piyozi, 35 ga chakanda, 10 ga zirk plantatsiyalari barpo etish vazifalari yuklatildi.
     Ushbu topshiriqlar har tomonlama oʻrmon xoʻjaligining rivojlanishi, daromadni oshirishni, Respublikada madaniy dorivor oʻsimliklari hajmining oshishiga, qolaversa eksportning yoʻlga qoʻyilishi oqibatida valyuta kirishini taʼminlaydi.
    Hozirgi kunda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan  jami 7046 tonna dorivor va ozuqabop oʻsimliklar xom-ashyosi tayyorlash belgilangan boʻlib, ulardan 4690 tonnasi tabiiy holda, 2356 tonnasi madaniy barpo etilgan plantatsiyalardan olinadi.
    
Plantatsiyalar barpo qilish ishlab chiqilgan chora-tadbirlardan soʻng:
    2013 yilda -115 ga
    2014 yilda -150 ga
    2015 yilda -1823 ga
    2016 yilda - 2343 ga yetkazildi.

Yetishtirilgan  dorivor va ozuqabop oʻsimliklarning hajmlari:
    2013 yilda -223 tonna
    2014 yilda -196 tonna
    2015 yilda -4560 tonna
    2016 yilda -6819 tonnaga yetkazildi.

    Mahalliy Farmatsevtika korxonalari va Sogʻliqni saqlash muassalari ehtiyoji uchun hamda yetishtirilgan dorivor va ozuqabop oʻsimliklarni dunyo bozorlari talablari asosida yetishtirish, quritish bosqichlari oʻziga xos tartib qoidalarni talab etadi. Sifatli yetishtirish, har bir tur oʻsimligi plantatsiyalarini uning xarakteriga qarab ekish joylari tanlanishi shart.

Etishtirilgan xom ashyoning quritish bosqichi:
 Yigʻib olingan dorivor va ozuqabop oʻsimliklarni davlat famakopeyasi talablari darajasida quritish talab etiladi. Quritish joylariga keltirilgan oʻsimliklar albatta quyosh nuri tushmaydigan, quruq va albatta havo tserkulyatsiyasi (yaʼni havo aylanmasi) yaxshi sharoitda qoʻritiladi. Va quritish jarayonida ikki xil oʻsimlikni aloxida aloxida holatlarda quritish maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlanayotgan dorivor va ozuqabop oʻsimliklar xom ashyolari viloyatlar va Qoraqalpogʻiston respublikasidagi xoʻjaliklarda tashkil  etilgan 105 ta quritish stellajlarida sifatli quritilib, xar bir xoʻjalikda tashkil etilgan maxsus omborxonalarda saqlanmoqda. Lekin ushbu tashkil etilgan stellajlar xozirgi kunda tayyorlanayotgan xom ashyoga nisbatan kamlik qilmoqda. Kelgusida dorivor oʻsimliklar xom ashyolarini sifatli va tez quritish maqsadida, zamonaviy maxsus quritish asbob uskunalarini oʻrnatish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. 

Dorivor va ozuqabop oʻsimliklar xom-ashyosini saqlash:
Tayyorlangan dorivor oʻsimliklar xom-ashyosi oʻrmon xoʻjaliklar omborxonalarida quruq va doimiy havo aylanadigan binoda yaxshi qoplangan holda stellajlarga taxlangan holda saqlanadi.
Tarkibida efir moylari boʻlgan dorivor xom-ashyo yaxshi yopiladigan taralarda alohida joyda saqlanadi.
Davlat farmakopeyasi talabiga asosan dorivor oʻsimliklar xom-ashyosi saqlanayotgan omborlar doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Oʻt, ildiz, ildizpoya, urugʻ, mevalar, oʻz rang-tusini, hidini, tarkibidagi faol moddalari miqdorini hamda, mogʻorlangan, ombor xashoratlari bilan zararlangan darajasiga qarab yohud yaroqsizlantiriladi, yohud qayta ishlanadi va nazoratga olinadi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 66% Shamol 5.34 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (21)