Zararkunanda va kasalliklardan muhofaza qilish boʻyicha asosiy talablar

Zararkunanda va kasalliklardan muhofaza qilish boʻyicha asosiy talablar:


Oʻrmon daraxtining juda koʻplab zararkunandalari mavjud boʻlib faqat terakning oʻzida 70 dan ortiq turdagi zararkunandalar uchraydi. 
Oʻrmon zararkunandalari va kasalliklari tur jihatdan juda koʻp boʻlib ularga qarshi kurash choralarini oʻz vaqtida sifatli qilib oʻtgazish yaxshi samara beradi.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralarini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun zararkunandalarni yashash tarzi rivojlanish bosqichlari, ozuqa oʻsimliklari qishlov fazalari yetkazadigan iqtisodiy va xoʻjalik zararini bilish katta axamiyatga ega.
Bu zararkunanda va kasalliklarga qarshi biologik, kimyoviy va agrotexnik kurash choralari mavjud.
Joriy yilda  19230 ga maydonda oʻrmon kasalliklari va zararkunandalarga qarshi kurash ishlari amalga oshirildi. Shu jumladan 13901 ga maydonda biologik usul qoʻllanildi.
Daraxtlarni kesish rejalarini bajarilishini toʻgʻri taminlash boʻyicha asosiy talablar:
 Oʻrmonlarni parvarish qilish, sogʻlomlashtirish va qayta tiklash maqsadida yarim yil mobaynida 14185 m3 yogʻoch oʻtin va shox-shabbalar tayyorlandi. Shundan 4460 m3 ishbob yogʻoch tayyorlanib aholi va tashkilotlarga  1 mlrd 495 mln sumga sotildi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: -4°

Namlik 87% Shamol 2.32 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (54)