Yongʻindan muhofaza qilish boʻyicha asosiy talablar

Yongʻindan muhofaza qilish boʻyicha asosiy talablar:


a) oʻrmonda yongʻinga qarshi oraliq joylar,yullar, yongʻinga qarshi maʼdanlashtirilgan himoya polosalari, zovurlar, suv xavzalarini qurishga, oʻrmonlarni yogʻoch qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalashga va oʻrmonlarning yongʻin xavfsizligini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa oʻrmon boshqa oʻrmon tadbirlarini oʻtkazish;
b) aholi, oʻquvchilar,oʻrmonda ishlar olib boruvchi yoki obьektlarga ega boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlari oʻrtasida olov bilan extiyot boʻlib muomila qilish va oʻrmonlardagi yongʻinlarni oʻchirish foidalari boʻyicha tanishtirish ishlarini olib borish;
v) keng foydalaniladigan oʻrmon yoʻllari boʻylab oʻrmonda olov bilan extiyot boʻlib muomala qilish zarurligi va yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqidagi ogoxlantiruvchi eʼlonlar va plakatlarni oʻrnatish;
g) oʻrmon yoʻllari boʻylab dam olish va chekish uchun umumiy foydalaniladigan joylarni jixozlash;
d) oʻrmon xoʻjaliklari hudutlarida paydo boʻladigan yongʻinlarni oʻz vaqtida aniqlash va tugatishni taminlash chora-tadbirlarini koʻrish. Agar yongʻin sodir boʻlganda oʻz kuchi bilan oʻchirish ilojisi boʻlmaganda yongʻin muxofazasi organiga militsiya xodimlariga yoki joylardagi davlat hokimiyati organlariga tezkor xabar berish.
Jumladan 2017 yil 6 oyi davomida 100,5km masofada yongʻinga qarshi yoʻllar, 34 km yangi himoya leniyalari. 214 km menirallashtirilgan palasalar qurildi.
Shuningdek 1470,5 km maydonda menirallashtirilgan palasalar. 1143 km oʻrmon xoʻjaligi ahamiyatiga ega yoʻllar taʼmirlanib barcha rejaviy koʻrsatkichlar bajarildi.
 

Toshkentda ob-havo

Harorat: -4°

Namlik 87% Shamol 1.27 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (54)