Tenderda ishtirok etish uchun taklifnoma

“AMU-BUXORO IRRIGATSIYa TIZIMINI QAYTA TIKLASH” LOYIHASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TENDERDA ISHTIROK ETISH UCHUN TAKLIFNOMA

Sana: 9.12.2015 yil
Zaym №: 3025/3026(SF)-UZB
Shartnoma raqami: ABISRP/ICB/02
Shartnomaning nomlanishi: Amu-Buxoro magistral kanalining boshqariladigan inshootlarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash
Taklif berishning eng so‘nggi muddati: 27yanvar 2015 yil.

1. O‘zbekiston Respublikasi Osiyo Taraqqiyot Bankidan (OTB) “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash” loyihasini moliyalashtirish uchun qarz mablag‘i olgan bo‘lib. Ushbu qarz mablag‘larining bir qismi Amu-Buxoro magistral kanalining boshqariladigan inshootlarini modernizatsiya va qayta tiklash shartnomasi (Ishlar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiradi. Tender savdolari OTBning xarid qilish yo‘riqnomasiga muvofiq halqaro tanlovlar asosida amalga oshirilib, bunda OTBning vakolatli mamlakatlaridan hisblangan pudratchilar ishtirok etishlari mumkin.

2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi «Buyurtmachi» sifatida savdo-sotiqlarnig vakolatli ishtirokchilarini Amu-Buxoro magistral kanalining boshqariladigan inshootlarini modernizatsiya va qayta tiklash shartnomasi (Ish) bo‘yicha qurilish ishlarni amalga oshirish uchun muhrlangan tender takliflarini taqdim qilishga taklif qiladi.

Qurilish ishlarini amalga oshirishdan maqsad maqsad bosh kanal, ayniqsa Amu-Buxoro magistral kanali (ABMK) ga suv yetkazib berish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun ABMK tizimidagi 10 ta joyda joylashgan, 36 ta inshootlarni modernizatsiya hamda qayta qayta tiklash/rekonstruksiya qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Bu suv sarfining kamayishi hamda suvni iste’molchilariga barqaror va ishonchli tarzda yetkazib berish yo‘li bilan energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi.

Amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat:

i) Inshootlardagi darvoza (shandora), mexanik va elektr boshqaruv zatvorlarni almashtirish;

ii) Quyi va yuqori befdagi beton qoplamani ta’mirlash;

iii) Beton inshootlarni qayta tiklash/rekonstruksiya qilish va te’mirlash;

iv) Inshootlardagi quyi va yuqori befdagi kanallarni tozalash.

Qurilish ishlarining taxminiy muddati 3 yilni tashkil qiladi.

3. Xalqaro tanlov savdo-sotiqlari OTBning ishlarni (uncha katta bo‘lmagan ishlar, bir bosqichli, bir konvertli tender jarayonlari) xarid qilish yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshirilib, ular Tender hujjatlarida ko‘rsatilganidek, vakolatli mamlakatlardan hisoblangan ishtirokchilar uchun ochiqdir. Tender ishtirokchilari quyida ko‘rsatilgan malakaviy me’yorlarni qanoatlantirishlari kerak.

4. Mazkur savdo-sotiqlarda faqatgina quyidagi asosiy malakaga ega bo‘lgan vakolatli savdo-sotiq ishtirokchilari qatnashishlari mumkin:

· So‘nggi 5 (besh) yil mobaynida bajarilgan yoki bajarilayotgan shartnomalar bo‘yicha Qurilishning eng kam o‘rtacha yillik aylanmasi 5 mln (besh million) AQSh dollari bo‘lishi.

· So‘nggi 5 (besh) yil mobaynida taklif qilinayotgan xizmatlarga o‘xshash, umumiy qiymati 4 000 000 (tzrt million) AQSh dollari yoki uning ekvivalentiga teng bo‘lgan kamida bitta muvafaqiyatli amalga oshirilgan yoki yakunlanish arafasida bo‘lgan shartnomada ishtirok etgan bo‘lishi.

· So‘nggi 5 (besh) yil davomida (2010-2014) quyidagi asosiy faoliyat turlari bo‘yicha ish tajribasi:

a. Amalga oshirilgan tuproq ishlari hajmi, yiliga 500 000 m3 dan kam bo‘lmasligi;

b. Oyiga maksimal 100 000 m3 tuproq ishlarini amalga oshira olishi;

c. Inshootlar bo‘yicha yillik amalga oshirilgan beton quyish ishlari kamida 2 000 m3 bo‘lishi;

d. Bitta shartnomada amalga oshirilgan metall konstruksiya ishlar hajmi 700 tonna bo‘lishi kerak.

5. Batafsil ma’lumotlarni olish hamda tender hujjatlarini o‘rganish uchun, tender qatnashchilari quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash” Loyihasini boshqarish guruhi. (LBG).

Xusenov Mirzo Yusufovich

Manzil: Labzak ko‘chasi, 1 a

Toshkent shahri

Indeks: 100128

Mamlakat: O‘zbekiston Respublikasi

Telefon: +998-71-241-73-13, +998-71-241-89-06

Faks: +998-71-241-84-24

Elektron pochta manzili: abisr@mail.ru

6. Ingliz tilida tender hujjatlarini olish uchun savdo-sotiqlarning vakolatli ishtirokchilari quyidagilarni bajarishi kerak:

· Yuqorida ko‘rsatilgan manzilga yozma tartibda murojaat qilishi hamda ABISRP/ICB/02-sonli Amu-Buxoro magistral kanalining boshqariladigan inshootlarini modernizatsiya qilish va tiklash shartnomasi bo‘yicha tender hujjatlarini berishni so‘rashi;

· Bevosita pul o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi hisob raqamita 300 (uch yuz) AQSh dollari yoki uning ekvivalenti miqdorida qaytarib berilmaydigan to‘lovni amalga oshirish:

Bank:

Agrobank ATB

Bank manzili

O‘zbekiston, 100096, Toshkent, Muqimiy ko‘chasi, 43

Hisob raqamlari:

AQSh dollaridagi to‘lovlar uchun

20210840900302140005

O‘zbek so‘midagi to‘lovlar uchun

20210000200302140002

SWIFT

PAKHUZ22

Bank kodi

00394

STIR (faqat mahalliy ishtirokchilar uchun)

302915401

7. Tanlov taklifini taqdim qilish:

· Quyidagi manzil bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi, 100000 Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 6 uy, 222 xona, «Uzbekenergo» AJ binosi;

· Takliflarni taqdim qilish muddati: 27yanvar 2016 yil. soat 17.00 (Toshkent vaqti bilan);

· 100 000 (yuz ming) AQSh dollari miqdoridagi tender taklifi bank kafolati bilan birga.

Tender bo‘yicha takliflar topshirish muddatida, takliflarni ochish jarayonida qatnashish istagidagi ishtirokchilarning vakillari ishtirokida ochiladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 66% Shamol 5.34 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (32)