Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxati

Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxati:

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasiga muvofiq O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyati bo‘yicha axborotdan foydalanuvchilarga quyidagi ma’lumotlar tegishli tartibda taqdim etiladi:
- qo‘mitaning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
- qo‘mita tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi hamda ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- qo‘mita tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarning amalga oshirilishi, markaziy apparat  boshqarmalari, mustaqil bo‘limlari faoliyatiga oid hisobotlar, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tezkor ma’lumotlar;
- qo‘mitada o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- qo‘mitaning boshqa organlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- amalga oshirilishida qo‘mita ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- qo‘mitada o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- qo‘mita markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- qo‘mitaning ochiq hay’at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan, majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo‘lish tartibi;
- qo‘mitada qabul qilingan buyruqlar, hay’at qarorlari, fuqarolarning shikoyat va arizalari bilan ishlash to‘g‘risida ma’lumotlar.
Qo‘mita faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 4°

Namlik 89% Shamol 5.02 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (94)