Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan xalqaro grant mablagʻlarini jalb qilish ishlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan xalqaro grant mablagʻlarini jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot


Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning avgust oyiga qadar umumiy qiymati 4 mln 180 ming AQSh dollari va 300 ming yevro miqdoridagi 4 ta loyihani amalga oshirishga muvaffaq boʻlindi.
2017 yilning 4 kvartalida esa, quyidagi 3 ta umumiy qiymati 3 mln 300 ming AQSh dollari va 3 mln 100 ming Yevro boʻlgan grant loyihalarni amalga oshirishni boshlash rejalashtirilgan. 
Shuningdek, qoʻmitamiz tomonidan yana umumiy qiymati 5 mln AQSh dollari miqdoridagi  “Orolboʻyi hududlarida 20 ming gektar maydonda oʻrmon ekish ishlarini amalga oshirish hamda choʻl tipidagi selektsiyaviy oʻrmon urugʻchiligi bazasini yaratish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Turkiya oʻrmon xoʻjaligi vazirligi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Joriy yilning 10 avgustida turkiyalik mutaxassislar bilan bu borada uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga BMTning FAO tashkiloti bilan 34 mln AQSh dollari miqdoridagi 4 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Bunda Yashil iqlim jamgʻarmasi hamda Global ekologik jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish koʻzda tutilgan.
Shunigdek, hozirda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOYKA) va Jahon banki tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish va uni amalga oshirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga Xitoyning “bir makon bir yoʻl” loyihasi doirasida Orolboʻyi hududlarida oʻrmon ekish ishlarini kengaytirish va urugʻchilik laboratoriyalarini tashkil etish boʻyicha loyiha takliflari ishlab chiqildi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: -4°

Namlik 87% Shamol 1.27 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (42)