Savdo-sotiqda ishtirok etish uchun taklifnoma

O‘zbekiston Respublikasining “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash” loyihasi savdo-sotiqda ishtirok etish uchun taklifnoma

Sana: 23 dekabr 2015y.
Zaym soni: 3025/3026(SF)-UZB
Shartnoma soni: ABISRP 01
Shartnomaning nomlanishi: Yangi «Amu-Buxoro-I» nasos stansiyasi qurilishi
Taklif kiritishning so‘nggi sanasi: 24 fevral 2015 yil

1. O‘zbekiston Respublikasi Osiyo Taraqqiyot Bankidan («OTB») «Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash» loyihasini moliyalashtirish uchun qarz olgan. Ushbu qarz mablag‘larining bir qismi yangi «Amu-Buxoro-I» nasos stansiyasi qurilishiga, shu jumladan, suv kirituvchi va suv chiqaruvchi kanallarni, bosimli quvurlarni hamda suv chiqaruvchi kanallar ustidan avtomobil ko‘priklarini qurish uchun tuziladigan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiri shuchun yo‘naltiriladi. Xalqaro tanlovlari OTBning xarid qilish bo‘yicha yuriqnomasiga muvofiq o‘tkazilib, bunda OTBning vakolatli mamlakatlaridan hisoblangan ishtirokchilar qatnashishlari mumkin.

2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi («Buyurtmachi») tender savdolarining vakolatli ishtirokchilarini qurilish va quyidagi ishlarni («Ishlar») amalga oshirish uchun muhrlangan tender takliflarini taqdim qilishni so‘raydi. Xalqaro tender savdolari OTBning Agregatlarni xarid qilish, loyihalashtirish, yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha ikki bosqichli ikki konvertli tenderlari asosida o‘tkaziladi. Savdo-sotiq ishtirokchilari quyida ko‘rsatilgan malakaviy me’zonlarga javob berishlari kerak.

3. Faqatgina quyidagi malakaga ega bo‘lgan tajribali va vakolatli tender ishtirokchilari ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

· So‘nggi uch (3) yil mobaynida bajarilayotgan yoki bajarib bo‘lingan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan umumiy sertifikatlangan to‘lovlar 45 (qirq besh) million AQSh dollari miqdorida bo‘lishi;

· Pul mablag‘lari harakatining minimal qiymati kamida 10 (o‘n) million AQSh dollarini tashkil qilishi;

· Ushbu tender bo‘yicha takliflarni kiritgan sanagacha pudratchi, subpudratchi yoki pudratni boshqaruvchi sifatida shartnomalar bo‘yicha ish tajribasi kamida 10 (o‘n) yilni tashkil qilishi;

· Pudratchi, pudrat boshqaruvchisi yoki subpudratchi sifatida ishtirok etish tajribasi, kamida:

i. So‘nggi 10 (o‘n) yil mobaynida muvafaqiyatli tugatilgan yoki tugallanish arafasida bo‘lgan xajm va turi bo‘yicha o‘xshash bulgan, har biri kamida 20 (yigirma) million AQSh dollariga teng bo‘lgan, shartnomada ishtirok etgan bo‘lishi;

ii. So‘nggi 5 yil davomida qiymati kamida 70 (yetmish) million AQSh dollariga teng bo‘lgan bitta «pod klyuch» shartnomada ishtirok etgan bo‘lishi;

· Quyidagi asosiy tadbirlar bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi: Gidravlik nasoslar va nasos stansiyalari, elektr qurilmalar, LEP va podstansiyalar, shu jumladan nasos stansiyalari bo‘yicha qurilish ishlari va yordamchi ishlar.

4. Shartnoma 48 oy ichida bajarilishi kerak bo‘lgan quyidagi asosiy ishlarni qamrab oladi:

· Uzunligi 420 metr bo‘lgan, loyiha bo‘yicha suv sarfi 91.5 m3/s mavjud ABMK kanalidan suv olinadigan betonli kanal qurilishi;

· Loyqa bosishni kamaytirish maqsadida 39 metrli avankamera qurilishi;

· 8 bo‘linmali suv qabul qilgich qurilishi;

· Taxminan 20.30 m x 15.70 m x 74.00 m (eni, balandligi, uzunligi) o‘lchamga ega bo‘lgan monolit temir beton nasos stansiyasini binosi qurilishi;

· Umumiy quvvati 80 m3/s, bo‘lgan suv ko‘tarib berib berish balandligi 48 metr bo‘lgan sakkizta vertikal markazdan qochma nasos agregatlarini o‘rnatish;

· 6 kVli elektr ta’minot tizimini o‘rnatish

· Nasos stansiyasini elektr bilan ta’minlash uchun uzunligi taxminan 1900 metrli 6 kV LEP qurilishi;

· O‘rta va past kuchlanishli barcha elektr tizimlar;

· 8 nasos agregatlari uchun bosim quvurlari, har birining diametri Ø 2200, uzunligi 450 m va 2 bosim quvuri: har birining diametri Ø 4100, uzunligi 620 m;

· Taxminiy o‘lchamlari 16.50 x 11.00 x 66.00 m bo‘lgan monolit temir beton suv chiqarish inshootini qurish;

· Texnik suv bilan ta’mirlash va barcha boshqa kerakli kichik tizimlar uchun tegishli drenajlar qurilish;

· Uzunligi 500 m, tubidagi eni 8 m., qiyaligi 2 m., chuqurligi 6.05 m. ustida ko‘prik qurilgan suv chiqaruvchi kanal qurlishi;

· Avtomobil ko‘prigini qurish va

· Nasos stansiyadagi 500 000 m3 hajmli tuproq ishlari bajarilishi;

5. Batafsil ma’lumotlarni olish va tender hujjatlarni o‘rganish uchun ishtirokchilar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:

«Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash» loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi

Loyihani boshqarish bo‘yicha guruh (LBG)

Xusenov Mirzo Yusufovich

Manzil: 100128, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 1 a

Telefon: +998-71-241-73-13, +998-71-241-89-06

Faks: +998-71-241-84-24

Elektron pochta: abisr@mail.ru

6. Tender hujjatlarini ingliz tilida olish uchun, vakolatli ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

· ABISRP 01 «Yangi «Amu-Buxoro – I» nasos stansiyasi shartnomasi» bo‘yicha tender hujjatlarini olish uchun xat bilan yuqorida ko‘rsatilgan manzilga murojaat qilish;

· 500 (besh yuz) AQSh dollari miqdorida yoki unga teng miqdorda qaytarib berilmaydigan to‘lovni bank pul o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi hisob raqamlariga to‘lab berish:

Bank

Agrobank ATB

Bank manzili

O‘zbekiston, 100096 Toshkent, Muqimiy ko‘chasi, 43

Hisob raqamlari

AQSh dollarida to‘lovlarni amalga oshirish uchun

20210840900302140005

So‘mda to‘lovlarni amalga oshirish uchun

20210000200302140002

SWIFT

PAKHUZ22

Bank kodi

00394

STIR (faqatgina mahalliy ishtirokchilar uchun)

302915401

7. Tanlov takliflarini taqdim qilish:

· Quyidagi manzilga: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 6 uy, 222 xona. «Uzbekenergo» AJ binosi

· Takliflarni taqdim qilish sanasi va vaqti: 24 fevral 2015 yil, soat 17.00 (Toshkent vaqti bilan);

· 900 000 (to‘qqiz yuz ming) AQSh dollari miqdorida yoki unga teng erkin konvertlanadigan boshqa valyutada Tanlov takliflari kafolati bilan birga.

Tanlov takliflari ishtirok etishni xoxlovchilar ishtirokida tender takliflarini ochish majlisida ochiladi.

8. Tanlov takliflarini baholashda, Tender hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq mahalliy ishtirokchilarga OTB tomonidan biror bir imtiyozlar taqdim qilinmaydi.

9. Ishtirokchilar tomonidan tanlov takliflarini tayyorlash va taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlar yoki sarflar uchun Buyurtmachi javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 19°

Namlik 33% Shamol 5.54 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (19)