O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida 2017 yilning II choragi davomida amalga oshgirilgan

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida 2017 yilning II choragi davomida sohani

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida 
MA’LUMOT

 

Hisobot davrida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
2017 yilning birinchi yarim yilligi davomida o‘rmon fondi erlarida 21,5 ming gektar, shundan, pista 1 ming gektarga yaqin, yong‘oq 260 gektar, bodom 280 gektar, unabi (chilonjiyda) 40 gektarga yaqin, o‘tinbop 1,2 ming gektardan ortiq, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 10,1 ming gektar maydonda o‘rmon barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borilgan, shuningdek, 260 gektardan ortiq maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi lola daraxti va qrim qarag‘ayi ko‘chatlarini ekishni ko‘paytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha joriy yil ko‘chat ekish oyligi mavsumida 3,5 ming donadan ortiq lola daraxti, 342 ming dona kashatan va 64 ming donadan ortiq qrim qarag‘ayi, 84 ming donadan ortiq unabi (chilonjiyda) ko‘chatlari ekilgan.
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 19,2 ming gektar maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi ishlari amalga oshirildi, shundan 13,9 ming gektar maydonda biologik usul qo‘llanildi.
O‘rmon kasallik va zararkunadalariga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilda 19 ta o‘rmon xo‘jaligida biolaboratoriyalar tashkil etish rejalashtirilib, dastlabki ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, 100 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar, 34 km yangi himoya liniyalari, 214 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, 1140 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar va 1470 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 03-12-5-sonli yig‘ilish bayoni ijrosi bo‘yicha o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 1995 gektar maydonda 48 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalari bilan 1096,9 ming so‘m miqdoridagi dorivor o‘simliklar xom ashyosini etkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, 5533,8 tonna tabiiy holda o‘suvchi dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash uchun kvota ajratildi.
Joriy yilning shu davriga qadar tizim o‘rmon xo‘jaliklarida 1,5 ming tonnaga yaqin 16 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosi tayyorlandi.
O‘rmon fondi erlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 580 mln. so‘mlik xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va 65,3 mln so‘mlik aholiga pullik xizmat ko‘rsatildi. 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 51% Shamol 6.16 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)