Barqaror o'rmon boshqaruvi va uni monitoring qilish Toshkentda muhokama etiladi

Barqaror o'rmon boshqaruvi va uni monitoring qilish

Toshkentda muhokama etiladi

 

O'zbekiston Respublikasida o’rmon yerlari (OLR, 2015) 7% hududni egallaydi va bunday er degradatsiyasi, tabiiy ofatlar, suv balansini nazorat va muhofaza qilish, shuningdek atrof-muhit degradatsiyasi oldini olishda muhim rol o'ynaydi va biologik xilma-xillikni saqlaydi. Bundan tashqari, o’rmondagi shox-shabbalar o’tin sifatida mamlakatning qishloq hududlarida muhim resurs hisoblanadi. Yangi daraxtzorlar yaratish, o'rmondagi bio xilma-xillikni saqlash bilan birga, bir vaqtning o'zida yog'och mahsulotlari bilan inson ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi.

O'zbekiston, Estoniya va Rossiyaning 30 dan ortiq ekspertlari o'rmon xo'jaligi sohasida barqaror o'rmonni boshqarish ko'rsatkichlari yordamida milliy o'rmon tizimini rivojlantirish masalasi bo’yicha Toshkentda joriy yilning 2-4 avgust kunlari seminar-treningda yig’iladilar. Seminar O'zbekiston Respublikasi o'rmon xo’jaligi davlat qo'mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT EIK) va oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Barqaror o'rmon boshqaruvida ko’rsatkichlar ishtiroki jarayoni doirasida, mamlakatdagi o'rmonlar holati haqida muhim ma'lumotlar olish, shuningdek dalillarga asoslangan o'rmon resurslari ma'lumotlari asosida o'rmon siyosatini qo’llab quvvatlash mumkin bo’ladi. Hozirda O'zbekistonda barqaror o'rmonni boshqarish uchun milliy mezon va ko'rsatkichlarni ishlab chiqish jarayoni boshlab yuborilgan. Tanlangan ko’rsatkichlar monitoring qilinadi va mamlakatda o'rmonlar haqida hisobot berish va milliy o'rmon siyosatini, shuningdek, barqaror o'rmonni boshqarish targ'ibotini kuchaytirish uchun ishlatiladi.

Mezonlar konsepsiyasi va barqaror o'rmonni boshqarish uchun ko'rsatkichlar tushunchasi Yer Sammitida (1992 yil) ishlab chiqilgan. Shundan beri barqaror o’rmon boshqaruvi, uning monitoringi va jarayonlarini baxolash uchun qo’llanib kelinmoqda.

Bu tushuncha nafaqat xalqaro va mintaqaviy darajalarda (Ya'ni, FAO O'rmon resurslarini baholash, Evropa va Monreal jarayonlari) ishlatiladi, balki milliy darajada, ko'plab rivojlangan mamlakatlar tomonidan barqaror o'rmonni boshqarishda milliy mezon va ko'rsatkichlar yo’nalishida amalga oshirilmoqda. O'zbekiston mezon va ko'rsatkichlari jamlangan mamlakatlar bilan bir qatorda bo’lmasada, mamlakat iloji boricha ko’rsatkichlarni tezroq rivojlantirishni amalga oshirishni rejalashtirgan.

O'zbekiston (Armaniston, Gruziya, Qirg'iziston va Qozog'iston bilan birga) "Kavkaz va Markaziy Osiyoda barqaror o'rmon boshqarishda hisobot tizimlari" loyihasi bo’yicha benefitsiar davlatlardan biri hisoblanadi. Loyiha 2016-2019 yillarda amalga oshiriladi va BMTning rivojlantirish doirasi tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha tomonlar kelishuvi, seminar va tajriba almashishda milliy va xalqaro ekspertlar birlashmalari tashkil etish jarayonida O'zbekistonni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. 2030 yilgacha belgilangan loyiha barqaror rivojlanish uchun kun tartibida qo’yilgan jarayonlarda faol ishtirok etish o'rmon sektorini mustahkamlaydi va bunday jarayonlarda qatnashishni taminlaydi.

O'zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo'mitasi vakili Z.Eshonqulovning aytishicha, bu loyiha O'zbekistonda barqaror o'rmon boshqarish va uning hisobotini iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik nuqtai-nazardan targ'ib etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Loyiha haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun ushbu yollanmaga kiring: http://www.unece.org/forests/areas-of-work/capacity-building/unda2016-2019.html

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 19°

Namlik 33% Shamol 5.54 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (38)