Savdo-sotiqda ishtirok etish uchun taklifnoma

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
«AMU-BUXORO IRRIGATSIYa TIZIMINI TIKLASH» LOYIHASI
SAVDO-SOTIQDA ISHTIROK ETISH UCHUN TAKLIFNOMA

Sana: 10.02.2016
Zaym soni: 3025/3026(SF)-UZB
Shartnoma soni: ABISRP 03
Shartnomaning nomlanishi: Quyi-mozor va Qizil-tepa nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash
Taklif kiritishning so‘nggi sanasi: 13.04.2016 yil

1. O‘zbekiston Respublikasi Osiyo Taraqqiyot Bankidan («OTB») «Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash» loyihasini moliyalashtirish uchun zaym olgan. Ushbu zaymning bir qismi shartnoma bo‘yicha Quyi-mozor va Qizil-tepa nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash ishlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi. Xalqaro tanlov savdolari OTBning xarid qilish bo‘yicha yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkazilib, tanlov qatnashchilari OTBga a’zo mamlakatlardan bo‘lishilari kerak.

2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi («Buyurtmachi») tanlovning vakolatli ishtirokchilarini qurilish va quyidagi ishlarni («Ishlar») amalga oshirish uchun muhrlangan tanlov takliflarini taqdim qilishni so‘raydi:

Lot 1: Quyi-mozor nasos stansiyasining modernizatsiya qilinishi va qayta tiklanishi.

Lot 2: Qizil-tepa nasos stansiyasining modernizatsiya qilinishi va qayta tiklanishi.

Shartnoma 36 oy ichida bajarilishi kerak bo‘lgan quyidagi asosiy ishlarni qamrab oladi:

a. 1 lot uchun (Quyi-mozor nasos stansiyasi):

· Yangi suv to‘suvchi inshootning qurilishi va mavjud inshootning tiklanishi; axlatlarni saqlab turuvchi to‘siqlar, shandoralarning yetkazilishi, o‘rnatilishi/almashtirilishi, ikkita axlatlarni tozalovchi mashinalarning yetkazib berilishi;

· Barcha mavjud mexanik va elektr tizimlarni olib tashlash;

· Umumiy quvvati 100 m3/s ga teng bo‘lgan, taxminiy balandligi
18-23 metrni tashkil qiluvchi oltita vertikal markazdan qochma nasos agregatlarining almashtirilishi;

· Barcha kran va ko‘tarib tushiruvchi qurilmalarning almashtirilishi / qayta tiklanishi;

· Texnik suv bilan ta’minlash tizimi, shu jumladan yangi tindirgichning qurilishi;

· 6 kV elektr ta’minot tizimining o‘rnatilishi;

· O‘rta va past kuchlanishdagi barcha zaruriy tizimlar;

· Barcha zaruriy drenaj tizimlari hamda boshqa kerakli kichik tizimlar.

b. 2 lot uchun (Qizil-tepa nasos stansiyasi)

· Yangi suv to‘suvchi inshootning qurilishi va mavjud inshootning tiklanishi; axlatlarni saqlab turuvchi to‘siqlar, shandoralar, elektr yurgizgichli zatvorlarning yetkazilishi, o‘rnatilishi/almashtirilishi, mavjud suv to‘sig‘i inshootida va suv qabul qilgichlarda axlat tozalovchi mashinalarning yetkazilishi va o‘rnatilishi;

· Barcha mavjud mexanik va elektr tizimlarni olib tashlash;

· Umumiy quvvati 100 m3/s ga teng bo‘lgan, taxminiy bosimi 45 m va 70 m bo‘lgan o‘nta (4+6) vertikal markazdan qochma nasos agregatlarining razryadli bo‘linma klapani bilan birga almashtirilishi va birikish nuqtalarining olib tashlanishi;

· Barcha kran va ko‘tarib tushiruvchi qurilmalarning almashtirilishi / qayta tiklanishi;

· Texnik suv bilan ta’minlash tizimi, shu jumladan yangi tindirgichning qurilishi;

· 10 kV elektr ta’minot tizimining o‘rnatilishi;

· O‘rta va past kuchlanishdagi barcha zaruriy tizimlar;

· Barcha zaruriy drenaj tizimlari hamda boshqa kerakli kichik tizimlar.

3. Xalqaro tanlov savdolari OTBning Agregatlarni xarid qilish, loyihalashtirish, yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha bir bosqichli ikki konvertli tender jarayonlariga muvofiq o‘tkaziladi. Tanlov savdosi ishtirokchilari quyida ko‘rsatilgan post-malakaviy me’zonlarga javob berishlari kerak.

4. Tender hujjatlarining 3 va 6 bo‘limlarda ko‘rsatilgan malakaga ega bo‘lgan, tajribali va vakolatli tanlov ishtirokchilari ushbu tender savdolarida ishtirok etishlari mumkin.

5. Batafsil ma’lumotlarni olish va tender hujjatlarini o‘rganish uchun tanlov ishtirokchilari quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:

«Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash» loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi

Loyihani boshqarish bo‘yicha guruh (LBG)

Janob Shavkat Botirov

Manzil: Labzak ko‘chasi, 1 a

Shahar: Toshkent

Indeks: 100128

Mamlakat: O‘zbekiston Respublikasi

Telefon: +998-71-241-73-13, +998-71-241-89-06

Faks: +998-71-241-84-24

Elektron pochta: abisr@mail.ru

6. Tender hujjatlarini ingliz tilida olish uchun, vakolatli ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

· ABISRP 03 «Quyi-mozor va Qizil-tepa nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash» shartnomasi bo‘yicha tender hujjatlarini berish uchun iltimosnoma bilan yuqorida ko‘rsatilgan manzilga murojaat qilish;

· 500 (besh yuz) AQSh dollari miqdorida yoki unga teng miqdorda qaytarib berilmaydigan to‘lovni bank pul o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi hisob raqamlariga to‘lab berish:

Bank

Agrobank ATB

Bank manzili

O‘zbekiston, 100096 Toshkent, Muqimiy ko‘chasi, 43

To‘lovni qabul qiluvchi:

O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi Loyihani boshqarish bo‘yicha guruh

Hisob raqamlari

AQSh dollarida to‘lovlarni amalga oshirish uchun

20210840900302140005

so‘mda to‘lovlarni amalga oshirish uchun

20210000200302140002

SWIFT

PAKHUZ22

Bank kodi

00394

STIR (faqatgina mahalliy ishtirokchilar uchun)

302915401

7. Tanlov takliflarini taqdim qilish:

· Quyidagi manzilga:

O‘zbekenergo OAJ binosi

2 qavat, 222 xona

Istiqlol ko‘chasi, 6 uy

100000 Toshkent shahri

· Tanlov takliflari 2016 yil 13 aprel kuni soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi;

· tender hujjatlarida ko‘rsatilganidek, tanlov takliflari kafolati bilan birga.

Tanlov takliflari ochish bunday takliflar taqdim qilinish muddati tugagan kuni tender taklifdarini ochishda qatnashish istagini bildirgan qatnashchilarning vakillari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

8. Tanlov takliflarini baholashda, Tender hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq mahalliy ishtirokchilarga OTB tomonidan biror bir imtiyozlar taqdim qilinmaydi.

9. Ishtirokchilar tomonidan tanlov takliflarini tayyorlash va taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlar yoki sarflar uchun Buyurtmachi javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.
Axborot xizmati

Toshkentda ob-havo

Harorat: 19°

Namlik 33% Shamol 5.54 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (38)