Osiyoda vertikal koʻrinishdagi oʻrmon barpo etiladi

Minorali oʻrmon Nanjing Towers (Nantszin minorasi) nomini olgan boʻlib, 2018 yil Xitoyda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. U Osiyoning eng birinchi vertikal oʻrmoniga aylanadi, dep yozmoqda kun.uz! 

Italiyalik arxitektor Stefano Boyeri tomonidan loyihalashtirilgan minoralarning biri - 656 fut va ikkinchisi esa 354 fut balandlikda boʻladi. Ular orasida esa 1000dan ortiq daraxt, 23 mahalliy turdagi 2500ga yaqin buta joylashtiriladi. Eng baland minorada ofis, muzey, yashil arxitektura maktabi va tomda esa klub quriladi. Ikkinchi minorada 247 xonali Hyatt mehmonxonasi va binoning eng ustki qismida basseyn joylashadi. 

 

Balkonlar esa mehmonlarga mahalliy  bioxilma-xillikni tiklashga yoʻnaltirilgan ajoyib manzarani hadya etadi. Bu Stefano loyihalashtirgan birinchi vertikal oʻrmon emas. Ulardan biri allaqachon Milanda qad rostlagan, ikkinchisi esa Shveytsariyaning Lozann shahrida qurilishi rejalashtirilgan. 

Tobora ifloslanib borayotgan dunyoda mazkur yashil inshootlar haqiqiy toza havo nafasini olib keladi. 

 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 22°

Namlik 65% Shamol 5 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (28)