Kompaniya va firmalar diqqatiga!

Kompaniya va firmalar diqqatiga!

“O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan payvandlash agregatlarini yetkazib berish bo‘yicha tender savdosi e’lon qilinadi.

Tender savdosida ham chet el firma va tashkilotlari ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ta’minotchilar) shu jumladan tender savdosida ishtirok etish talablarini bajargan, tender asosida xarid qilinayotgan mahsulotni tegishli miqdorda yetkazish tajribasiga ega bo‘lgan hamda taklif etilayotgan mahsulot ishlab chiqaruvchilari va/yohud ularning vakolatli ta’minotchilari bo‘lib ishlab chiqaruvchi zavod nomidan to‘liq kafolatli majburiyatlar (shartlar) bilan ta’minlay oladigan kichik biznes sub’ektlari (ishlab chiqaruvchilarning vakillari, dilerlar, distribyutorlar va x.k.) ishtirok etishi mumkin.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan narh preferensiyalari beriladi.

Idoralararo tender komissiyasining Ishchi organi nomi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi “O‘zbektenderkonsalting” agentligi.

O‘zbekiston Respublikasi, 100192, Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, 107-uy.

Tel: (998-71) -238-53-42, faks: (998-71)-268-25-96, email: infor@uztender.uz

Tender predmeti: UTC-15/10 raqamli tender “37 dona payvandlash agregatlarini yetkazib berish”.

Harid qilinayotgan mahsulotlarning maksimal narhi, to‘lov shartlari va yetkazib berish muddatlari tender va tender xujjatlari haqidagi ma’lumotda ko‘rsatilgan.

Yetkazib berish shartlari (Inkoterms-2010ga binoan):

Horijiy ta’minotchilar uchun: DAP, Toshkent sh., “Hamza” temir yo‘l stansiyasi, stansiya kodi 722504;

Mahalliy ta’minotchilar uchun: DDP, harid qiluvchining Toshkent shahridagi ombori.

Tender boshlangunga qadar, tender komissiyasi tomonidan tenderda ishtirok etishga da’vogarlar orasida kvalifikatsion tanlov olib boriladi.

Tender xujjatlari va bo‘nak (tender taklifi kafolati) miqdori tender va tender xujjatlari haqidagi ma’lumotda ko‘rsatilgan.

Bo‘nak to‘lov uchun shartlar va bank rekvizitlari tender va tender xujjatlari haqidagi ma’lumotda ko‘rsatilgan.

Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2015 yil 1 may sanasining Toshkent vaqti bilan 15:00 soatidir.

Tender savdosini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun “O‘zbektenderkonsalting” agentligiga yuqorida ko‘rsatilan rekvizitlar bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

Toshkentda ob-havo

Harorat: -4°

Namlik 87% Shamol 1.27 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (42)