BMT o‘z tarixida ilk bor O‘rmonlar bo‘yicha strategik rejani qabul qildi

BMT o‘z tarixida birinchi bor xalqaro tashkilotning o‘rmonlar bo‘yicha forumi maxsus sessiyasida tayyorlangan O‘rmonlar bo‘yicha strategik rejani qabul qildi.

Hujjatda belgilangan maqsadlardan biri 2030-yilga kelib dunyo o‘rmonlari maydonini 120 million gektarga ko‘paytirishdan iborat. BMTga a’zo davlatlar qabul qilgan reja nafaqat yangi o‘rmonlarni yaratish, balki mavjudlarini barqaror boshqarishni ham ko‘zda tutadi.

Strategik rejada o‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish, ularni saqlashga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tirikchiligi o‘rmonlar bilan bog‘liq insonlar turmush tarzini yaxshilash, o‘rmonlarni barqaror boshqarishni joriy etish uchun siyosiy va huquqiy shartlarni yaratish kabi masalalar o‘rin olgan. Biroq har bir mamlakat erishishi lozim bo‘lgan majburiy me’yor va ko‘rsatkichlar belgilanmagan.

Ma’lumot uchun, o‘rmonlar quruqlikning 30 foizini tashkil etadi, yer yuzi aholisining 25 foizi — 1,6 milliard kishining mashg‘uloti va daromadi o‘rmonlar bilan bog‘liq. Qo‘l tegmagan o‘rmon massivlarining uchdan ikki qismi Rossiya, Kanada va Braziliyaga to‘g‘ri keladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 75% Shamol 10.84 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (14)