O`rmondan foydalanish

Davlat oʻrmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
Oʻrmondan foydalanish uchun haq toʻlanadi. Toʻlovlar miqdori va ularni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Oʻrmondan foydalanish doimiy va vaqtinchalik boʻlishi mumkin. Oʻrmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilardir. Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — oʻn yilgacha boʻlishi mumkin. Oʻrmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan yoki ular vakolat bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi. Oʻrmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma — daraxt kesish yoki oʻrmon chiptasi asosida yoʻl qoʻyiladi. Oʻrmondan foydalanuvchilar davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan oʻrmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir.

Oʻrmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar dorivor xom ashyosini tayyorlash (yigʻish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash (yigʻish);
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish.
Qonun hujjatlarida oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 21°

Namlik 42% Shamol 3.78 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (39)