O`rmon siyosati va boshqaruvi

Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi –maxsus tabiatni saqlovchi va uni boyliklarini koʻpaytiruvchi soha. Uning asosiy vazifasi etib oʻrmonlarni takror koʻpaytirish, saqlash va oʻrmon fondi boyliklaridan oqilona foydalanish, respublik extiyojini oʻrmon va oʻrmon mahsulotlari bilan taʼminlash, oʻrmonlarni ekologik, atrof muhitni muhofaza qilish, suvni saqlash, ximoya qilish, sanitar gigenik va rekreatsion faoliyatlarini kuchaytirish hisoblanadi. 
U oʻz faoliyatida boshqa tashkilotlar va idoralar bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ularni iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadi.  

     
Oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza etish, foydalanish va takroriy koʻpaytirish davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, joylardagi mahalliy davlat boshqaruvi organlari (Xokimiyatlar), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.  
Oʻrmondan foydalanish boʻyicha asosiy siyosatni olib borish Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlariga oʻrmon xoʻjaligini muvofiqlashtiirish va boshqarish yuklatilgan.
 
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻz ish faoliyatini 1999 yilda qabul qilingan “Oʻrmon tugʻrisida” gi qonun va Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari, qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlari asosida amalga oshiradi.  
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga oʻrmon xoʻjaligini xolati va istiqbolda rivojlantirish, sohada ilmiy texnik progress, oʻrmonlardan oqilona foydalanish, koʻpaytirish, qoʻriqlash va muhofaza etishni tashkil etish, ovchilik xoʻjaligi, qoʻriqxonalar  ishi va tabiiy xalq bogʻlarini yuritishni boshqarish, oʻrmonlarni ekologik va boshqa foydali xususiyatlarini kuchaytirishni amalga oshirish masʼuliyatlari yuklatilgan.   
Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi, maqsadi va vazifalari Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 19 yanvardagi “2015-2017 yillarda oʻrmon xoʻjaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop oʻsimliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi № 5- sonli yigʻilish bayenida belgilab berilgan. Chora-tadbirlar dasturida oʻrmon resurslarini saqlashni va takroriy koʻpaytirishni kuchaytirish, oʻrmonlarni ekologik va ximoya qilish xususiyatlarini kuchaytirish, oʻrmon fondi yerlaridan va oʻrmon resurslaridan oqilona va uzluksiz foydalanish  xamda oʻrmon xoʻjaligi sohasini ijtimoiy rivojlantirish koʻzda tutilgan.  
Oʻrmon xoʻjaligini xududiy boshqarish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi, viloyatlar markaziy oʻrmon xoʻjaliklari va xududiy oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladi. 
 Mahalliy oʻrmon xoʻjaliklari boshqaruvi 58 ta oʻrmon xoʻjaliklaridan iborat boʻlib, ular oʻrmonlarni yongʻindan qoʻriqlashga xamda zararkunandalardan va kasalliklardan ximoya qilishga, oʻrmonlarni koʻpaytirish va qayta tiklashga, oʻrmon koʻchatxonalari faoliyatini yuritishga, oʻrmondan foydalanishni va oʻrmonchilik tadbirlarini bajarilishini tashkil etishga jalb qilingan 
5 ta oʻrmon xoʻjaliklarida  dorivor va ozuqabop oʻsimliklar yetishtirish  va  ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. (Hozir boshqa oʻrmon xoʻjaliklarida xam bu faloiyat  yoʻlga qoʻyilmoqda) 5 ta oʻrmon xoʻjaliklari manzarali bogʻdorchilik extiyojlari uchun  koʻchatlar yetishtirishga ixtisoslashgan.  Yovvoyi tabiatni oʻz xolida saqlash maqsadida 5 ta qoʻriqxona va 1 ta Quyi Amudaryo biosfera rezervati  mavjud. Ovchilik xoʻjaligini yuritish boʻyicha 5 ta ov xoʻjaliklari faoliyat yuritadi. Zomin milliy tabiat bogʻi aholini madaniy va estetik talablarini qondiradi. Respublikamizning turli burchaklarida joylashgan 6 ta oʻrmon tajriba stantsiyalari   ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 21°

Namlik 42% Shamol 3.78 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (39)