O’RMONLARNING AHAMIYATI

O’rmonlar –keng ma’noda toza suv saqlovchi, tuproq va havodagi namlikni mu’tadillashatirib turuvchi, yog’och, ikkilamchi mahsulotlar, mevalar, dorivor va ozuqa o’simliklar beruvchi manbadir. O’rmonzorlar  hayvonot va o’simlik dunyosini saqlash va ularni ko’paytirishda, iqlim o’zgarishlarni mo’tadillashtirishda, tog’larda  jarliklarni paydo bo’lishi xavfini oldini olishda, suv tanqisligi muammosini yechishda, selni mudxish oqibatlarini bartaraf qilishda, tuproq eroziyaga  qarshi  kurashishda,  cho’l xududlarida qumlarni ko’chishini to’xtatishda, shamol eroziyasini oldini olishda, tuproqning meliorativ holatini (sho’rlanish, cho’llanishga va h.) yaxshilashda, shuningdek yaylovlar maxsuldorligini  oshirishda hamda qishloq xo’jaligi  yerlarida ixota o’rmonlarini roli katta axamiyatga ega.

 

Eng muhimi, ekologik vaziyatni yaxshilash va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, tabiatni asrab-avaylash bugungi kunda o’rmon xo’jaliklarining asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 75% Shamol 10.84 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (10)