O’RMON BARPO QILISH

Har yili respublika buyicha o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 42 ming gektar maydonda o‘rmon barpo qilish ishlari amalga oshiriladi, shundan, 39 ming gektari cho‘l mintaqasiga to‘g‘ri keladi, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 17 ming gektarda cho‘l o‘simliklaridan
su’niy o‘rmonzorlar barpo etib kelinmoqda. Yangi oʻrmonzorlar barpo qilish urugʻdan ekib, koʻchat oʻtqazib va tabiiy tiklanishga koʻmak berish tadbirlari orqali bajariladi. Choʻl hududlarida shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli boʻlgan saksovul, cherkez, qandim kabi daraxt va butalar turlaridan yangi oʻrmonzorlar barpo etiladi. (1 va 2 rasmlar)

Rasm-1.-Orol dengizining qurigan tubida saksovul daraxt turidan barpo etilgan 1-2 yoshli himoya oʻrmonzorlari

Rasm-2. Orol dengizining qurigan tubidagi 12-yoshli saksovulzorlar.

Respublikamizning togʻli hududlarida 1.2  ming gektar yangi oʻrmonzorlar barpo etiladi, ular asosan zarafshon archasi, xondon pista, yongʻoq, oddiy bodom va boshqa mevali daraxt va butalardir.  (rasm 3 va 4)

Rasm-3. Samarqand viloyatida barpo etilgan pistazorlar

Rasm-4. Toshkent viloyatidagi barpo etilgan yongʻoqmevali oʻrmonzorlar

Respublikamizning vodiy hududlarida har yili 1.4 ming gektar maydonda tez oʻsuvchi mevali daraxt va butalar turidan yangi oʻrmonzorlar barpo etiladi. Toʻqay hududlarida esa turanga, jiyda, tol daraxt turlaridan oʻrmon barpo etilib, har yili 0.4 ming gektarda amalga oshiriladi. (rasm 5,6 va 7)

Rasm-5. Samarqand viloyatining vodiy hududida qrim qaragʻayidan barpo etilgan oʻrmonzorlar

Rasm 6. Vodiy mintaqasida barpo etilgan yongʻoqmevali oʻrmonzorlar

Rasm-7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv boʻyidagi tabiiy turangazorlar.

2015 yil 3-chorak davomida 18.5 ming ga (108 %) maydonda urugʻdan, koʻchatdan va tabiiy tiklanishga koʻmak berish orqali yangi oʻrmonzorlar barpo qilindi. Shundan, Orol dengizining qurigan tubida barpo qilingan oʻrmon 6.8 ming gektarni tashkil etadi.
Har yili yangi oʻrmonzorlar barpo etish va koʻchatxonalar tashkil etish maqsadida oʻrmon xoʻjaliklar tomonidan 50 turdan oshiq 130-135 tonna har xil daraxt va butalar urugʻlari tayyorlanadi. Shu jumladan, choʻl oʻsimliklari (saksovul, cherkez, qandim)-100 tonna, ignabargli va noyob daraxt turlari-15 tonna.
Respublika boʻyicha har yili 60 turga yaqin 42 mln. dona daraxt va butalarning nihol hamda koʻchatlari yetishtiriladi, shundan 12.5 mln. donasi saksovul, 8 mln. donasi terak koʻchatlaridir. Ushbu yetishtirilayotgan nihol va koʻchatlarning yarmi oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadi, qolgan qismi esa parvarishlash uchun qoldiriladi. 
Joriy yil 9-oyligi uchun berilgan topshiriq 281 getarga, yaʼni rejaga nisbatan 120 foizga bajarildi.
Hukumatimiz tomonidan noyob daraxt koʻchatlarini koʻpaytirishga aloxida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining noyob daraxt koʻchatlarini, shuningdek soxta kashtan, yapon soforasi, lola daraxti, qrim qaragʻayi hamda unabi daraxtlari koʻchatlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida maxsus farmoyishlari qabul qilingan.
Hozirgi paytda oʻrmon xoʻjaliklari koʻchatxonalarida 4 mln. donadan oshiq quyidagi noyob daraxt va butalar koʻchatlari, jumladan qrim qaragʻayi, kompaktli tuya, virgin archasi, eman, oqqayin, lola daraxti, yapon soforasi, soxta kashtan, katalьpa,beresklet, samshit, yapon bexisi, farzitsiya, hind sireni, malva va boshqa koʻchatlar mavjud.
 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 9°

Namlik 66% Shamol 5.34 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (45)